Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

"Real" "Liverpul"ni yana jazoladi. Chempionlar ligasi finalining eng yaxshi besh futbolchisi

"Real" "Liverpul"ni yana jazoladi. Chempionlar ligasi finalining eng yaxshi besh futbolchisi

Baho:
+ | -

"Real Madrid" o‘z tarixida 14-marta Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, Karlo Anchelotti to‘rtinchi bor ushbu kubokni boshi uzra ko‘tardi. Ular buni qanday uddalashdi? Ishonarli bo‘lmasligi mumkin, lekin "Real Madrid" va UYEFA Yevropa Chempionlar ligasi kubogi o‘rtasida qandaydir yaqinlik bor. "Qirollik klubi" bosh sovrin uchun bosib o‘tgan yo‘li davomida "PSJ", "Chelsi", "Manchester Siti", "Liverpul"ni dog‘da qoldirdi. "Real Madrid"ning Chempionlar ligasidagi g‘alabasini shunchaki tasodif deb atash mumkin emas, lekin undan ham dahshatli narsa bor. Ular pley-off bosqichi doirasidagi uchrashuvlarida musobaqadan chiqib ketishga juda keladi. Biroq qandaydir bir necha daqiqalar barchasini o‘zgartirib yubordi. Shuningdek, finalning statistik ma’lumotlariga e’tibor bering: darvoza tomon yo‘llangan zarba —4, aniq zarba — 1, gol — 1.

Umumiy statistika: darvoza tomon yo‘llangan zarbalar — 23:4, aniq zarbalar — 9:1, to‘pga egalik qilish — 54:46, burchak to‘plari - 6:2.

Chempionlar ligasi finalida qaysi futbolchilar o‘z so‘zni ayta oldi? Shu sabab bugun biz o‘yinni tahlil qilib, mutaxasssilar Karlo Anchelotti va Yurgen Kloppning ishiga sub’ektiv baho berishga qaror qildik.

Maksimal ochkolar soni — 10 (minimum — 6,0).

CHEMPIONLAR LIGA FINALINING ENG YAXSHI O‘YINCHILARI

Tibo Kurtua — 9.0. “O‘yinning eng yaxshi futbolchisi” sovrini belgiyalik darvozabonga topshiriladi. Bizningcha bu qarorga hech kim qarshi emas. Sababi, o‘yinda Tibodan ko‘ra yaxshiroq harakat qilgan futbolchi yo‘q edi. "Liverpul" "Real" darvozasiga 9 marta aniq zarba yo‘lladi va barchasiga belgiyalik “devor” to‘siq bo‘la oldi. Kurtua tomonidan qilingan beshta seyvni alohida e’tirof etish kerak. Chunki, u deyarli imkoni yo‘q joydan to‘pni qaytardi. Salohning yo‘llagan har bir zarbasi Tibo tomonidan yo‘q qilindi.  

Eng muhimi, posbon o‘yin boshida “Liverpul”ning hujumlariga bir o‘zi bardosh berib, jamoaga ishonchni qaytara oldi. Shu sabab, mos ravishda Belgiya terma jamoasi a’zosi o‘yinning “eng yaxshi futbolchisi” deya e’tirof etildi.

Kazemiro — 8.5. Biz faqat Kurtuani maqtamoqdamiz, biroq boshqa bir futbolchini esdan chiqarmaslik kerak — Kazemiro. Braziliyalik yarim himoyachi o‘yinni unchalik yaxshi boshlagani yo‘q, ammo u butun bahs davomida raqibga umuman o‘yin bermadi. Shuningdek, ikkinchi bo‘limga kelib Kazemironing harakatini alohida e’tirof etish kerak. U ikkinchi taymda yarim himoyaning tayanch zonasini o‘ziniki qilib, raqibning hech qaysi futbolchisiga o‘yin bermadi. “Liverpul”ning maydon markazidan “qaymoqranglilar” jarima maydonchasi ichiga bergan uzatmalarining hammasi omadsiz chiqdi. Kazemiro barchasiga to‘siq bo‘lib, tom ma’noda raqibning hujumchilarini zararlantira oldi.  Hammasi bo‘lib, yarim himoyachi 4 ta aniq pas berdi, 3 marta raqibdan to‘pni olib qo‘ydi va 3 ta jarima zarbasini ishlab oldi. Bularning barchasi Kazemironing o‘yin davomida qayd etgan statistikasi.

Vinisius Junior — 8.5. Braziliyalik futbolchi o‘yindagi yagona gol muallifiga aylandi. U Valverdening o‘ng qanotdan uzatib bergan pasidan keyin qaysidir ma’noda o‘yinga nuqta qo‘ydi. Shuningdek, 21 yoshli futbolchining driblinglari mersisaydliklar himoyachisini qiyin ahvolga solib qo‘ygani aniq. Ha, Vini o‘yin davomida unchalik ko‘zga ko‘rinmadi. Biroq, uning yagona goli bahs taqdirini hal qilganini unutmasligimiz kerak.

David Alaba - 8.0. Alaba ham xuddi shunday harakat qilib, mukammal himoyaviy o‘yin ko‘rsatdi. U to‘rtta aniq pas, uch marta raqib zarbasiga to‘siq bo‘ldi, uchta bloklangan zarbani qaytardi, ikki marta to‘pni raqibdan olib qo‘ydi, beshta birga-bir kurashdan to‘rttasida g‘alaba qozondi. Hujumni boshlab berishdagi harakatlar va Karimning hisobga olinmagan goliga ham aynan David chiroyli uzatma berdi.

Muhammad Saloh - 7.0. Albatta, o‘rtacha darajadan yuqoriroq o‘ynagan Muhammad Salohni qayd etish kerak. Eder Militao, Karim Benzema, Dani Karvaxal, Federiko Valverde, Ibrohim Konatega ham 7 ochko qo‘yish mumkin. Ammo keling, Salohni alohida ta’kidlab o‘tamiz. Sababi uning o‘zi raqib darvozasi tomon “Real”ning butun futbolchilaridan ko‘proq zarba berdi.  Muhammad tezligi bilan Mendini ancha qiyin ahvolga solib qo‘ydi, darvozaga zarba berdi, uzatma berdi va o‘yinni o‘ziga olishni uddaladi. Uchrashuv “Liverpul” foydasiga hal bo‘lsa, shubhasiz, Saloh o‘yin qahramoniga aylangan bo‘lardi, ammo u Tibo Kurtua darvozasiga yo‘l topa olmadi va mos ravishda belgiyalik o‘yin qahramoni bo‘ldi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 13:28, 29.05.2022.
O'qildi: 5080 marta.
Fikrlar: 19 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик