Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Toni Kroos UYEFA Chempionlar ligasining 2021/2022 yilgi mavsumining “Liverpul”ga qarshi (1:0) final uchrashuvidan so‘ng faoliyatini Madrid klubida davom ettirishini ma’lum qildi.
"Yana ikki yil "Real Madrid"da qolaman", - deya Kroosning so‘zlaridan iqtibos keltirgan Fabrisio Romano.
Ma’lumot uchun, yarim himoyachi 2014 yilning iyulidan beri "qirollik klubi"da o‘ynamoqda.
Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyunigacha mo‘ljallangan.