"Milan" yozda "Lill" yarim himoyachisi Renatu Sansheshni sotib olishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi Football Italia.
Manbaning xabariga ko‘ra, klub Yens-Petter Xauge transferidan tushgan pulga portugaliyalik yarim himoyachi bilan shartnoma imzolamoqchi.
Sansheshning fransuz klubi bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
U joriy mavsumda barcha turnirlarda 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













