"Lasio" himoyachisi Franchesko Acherbi faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi jurnalist Nikolo Skira.
Manbaga ko‘ra, 34 yoshli italiyalik futbolchiga ilk bor A Seriyaga chiqqan "Monsa" da’vogarlik qilmoqda.
Acherbi o‘tgan mavsumda 36 o‘yin o‘tkazib, 4 gol va 2 golga assistentlik qilgan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 5 million yevroga baholamoqda.













