"Barselona" va Ispaniya terma jamoasi a’zosi Ansu Fati "PSJ"dan bo‘lgan qiziqish haqida gapirdi.
"Men tushgan takliflardan ham xabarim yo‘q edi. Men agentga va ota-onamga birinchi daqiqadanoq "Barselona"da qolishni xohlayotganimni aytdim. Men butun umr bu yerda o‘ynashni xohlayman", - dedi Fati.
Qayd etish joiz, 19 yoshli futbolchi Kataloniya klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.