"Ayaks" yarim himoyachisi Rayan Gravenberx tez orada "Bavariya"ga transferini yakunlaydi, deya xabar beradi jurnalist Fabrisio Romano.
Manbaga ko‘ra, bugun, 31 may kuni 20 yoshli niderlandiyalik futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. U nemis klubi bilan 2027 yilning iyun oyi oxirigacha shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Tez orada "Bavariya"ning kelishuv bo‘yicha rasmiy bayonoti e’lon qilinadi.
2021/22 yilgi mavsumda Rayan “Ayaks” tarkibida 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt.com portali futbolchini 35 million yevroga baholamoqda.