Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Sarhisob: «Barselona». To‘purarlar, assistentlar va yil o‘yinchisi

Sarhisob: «Barselona». To‘purarlar, assistentlar va yil o‘yinchisi

Baho:
+ | -

2021-2022 yilgi mavsumning katta qismini tahlil qilganda, bu ma’lumotlarni «Barselona» muxlislari o‘qishni istamasligi mumkin. Negaki, avvalboshdan klub uchun hammasi og‘ir bo‘la bordi. Klubga aloqador barchaning hafsalasi pir bo‘lgan, o‘rtada esa yagona savol qolgandi: «Barselona» qanchalik tubga g‘arq bo‘ladi? Ammo jamoa qayta oldi. Ular mavsumni 2 o‘rinda yakunladi. Ortda qolgan mavsum «Barselona» uchun qo‘rqinchli tush bo‘lish bilan bir qatorda, umidbaxsh va o‘zgarishlarga boy davrga aylandi. Quyida siz bilan jamoaning ayrim individlari haqida gaplashamiz.

Mavsum o‘yinchisi – Ronald Arauxo

Jerar Pikening davri o‘tib qolganini sezgan klub, himoya borasida tashvishlana boshlagandi. Ammo katta maydonda Arauxo paydo bo‘ldi. 23 yoshli himoyachi mutlaqo fantastik mavsum o‘tkazdi. Urugvay terma jamoasi a’zosi «Barselona» yulduziga aylanib oldi va jamoasining g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.

Mavsum goli: Jordi Alba («Atletiko»ga qarshi)

Albaning o‘zi balki bu golini eng yaxshisi deb atamagan bo‘lardi. Ammo golning o‘ziga xosligi va muhimlik darajasini hisobga olgan holda, aynan «Atletiko» darvozasiga urilgan golni eng yaxshisi deb topdik.
Alba qanotdan yugurib keladi. O‘ziga uzatilgan to‘pni darvozaning yaqin burchagiga to‘xtatmasdan tepish o‘rniga, to‘pni qarama-qarshi burchakning yuqorisiga yo‘llaydi. Yakunda esa «Barselona» «Atletiko» ustidan 4-2 hisobida g‘alabaga erishadi.

Mavsum o‘yini – «Real Madrid»ga qarshi

«Barselona» «Santiagu Bernabeu»ga tashrif buyuradi. U yerda 4 ta javobsiz gol uradi. Menimcha, bundan yaxshiroq ssenariyni hatto klubning eng ashaddiy muxlislari ham topib bera olmaydi. Ha, o‘shanda «Real» tomonidan ham katta xatolarga yo‘l qo‘yilgandi. Ayniqsa, raqibga moslashish va taktika tanlash borasida. Shu sababdan muxlislar ushbu bahsning har bir taymida ikkitadan gol ko‘rishdi. Ammo bir tomonning darvozasiga. O‘yindan keyin esa «Barselona» uyg‘onganiga guvoh bo‘lgandik.

Mavsum transferi – Obameyang

Mavsum avvalida Serxio Aguero bir dunyo umidlar bilan «Nou Kamp»ga olib kelinadi. Ammo hujumchining yuragi bilan bog‘liq muammolar, uni faoliyatini yakunlashga majbur qilgandi. Shundan keyin klub rahbariyati qishda ham hujumchi izlashga majbur bo‘ldi va uni topdi. APLdan Obameyang tekinga olib kelindi. U «Arsenal»da ancha «zanglab qolgandi». Biroq gabonlik hujumchi Kataloniyada ochilib ketdi. Obameyang 17 ta bahsda 11 ta golga mualliflik qildi. Eng qizig‘i, hech kim undan bu kabi darajani kutmagandi. Bugun esa Obameyangni hamma gapirmoqda...

Mavsum kashfiyoti – Gavi

Bu kategoriyani Gaviga berish adolatdan bo‘lardi. Mavsumni taniqsiz holda boshlab, ko‘p o‘tmay, sayyoradagi eng ajoyib yosh futbolchiga aylanish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi. 17 yoshli yarim himoyachi Ronald Kuman qo‘l-ostida debyut qilgandi. Keyinchalik asosiy tarkib vakiliga aylanib oldi. Gavi terma jamoaning bir bo‘lagi sanaladi. Bugun Ispaniyaning o‘yinlari usiz o‘tmayapti. Bugun Yevropaning istalgan top-jamoasi Gaviga qiziqish bilan qaramoqda. Ammo Xavi uni qo‘yib yubormaydi. Chunki Gavi yaqin kelajakda sayqallana borib, «Barselona»ning yangi Messisiga aylanishi mumkin.

 


Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: 90min.com
Kiritildi: 16:00, 31.05.2022.
O'qildi: 2265 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.