Yarim himoyachi Lukas Okampos yozgi transfer oynasida “Sevilya”ni tark etishga tayyor, deya xabar beradi Marca.
Futbolchi bosh murabbiy Xulen Lopetegi bilan janjallashib qolgan. Shu boisdan ham mavsum yakunida u zaxira o‘yinchisiga aylandi.
Agar qiziqarli taklif tushsa, klub 27 yoshli argentinalik futbolchini sotishga tayyor.
Okamposning shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan va uning transfer narxi 30 million yevroga baholanmoqda.