"Lion"da ijara asosida 1 mavsumni o‘tkazgan "Chelsi" himoyachisi Emerson London klubiga qaytib, ular uchun o‘ynashni davom ettirishdan xursand bo‘lishini aytdi.
“Tomas Tuxel bilan hali gaplashishga ulgurmadim. “Chelsi” bilan shartnomam bor, bu jamoada 3 yil o‘ynadim, u yerda do‘stlarim bor. Agar qaytsam, faqat xursand bo‘laman.
"Chelsi" men uchun ajoyib joy, ajoyib klub. U yerga aniq qaytishimni bilmayman, buni vaqt ko‘rsatadi", - deya Emersonning so‘zlaridan iqtibos keltirgan GOAL.
O‘tgan mavsum himoyachi fransuz jamoasi safida 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.