«Inter» himoyachisi Andrea Ranokkya hozirgi jamoasini tark etib, «Monsa»ga o‘tishi mumkin.
Sky Sports xabariga ko‘ra, u «Inter»ni tark etmoqchi. 34 yoshli futbolchi A Seriyaning yangi ishtirokchisi «Monsa»ga o‘tishga qarshi emas.
Ranokkya «Inter» safida 2011 yildan buyon to‘p tepadi. Shu vaqt ichida u 224 uchrashuvda qatnashib, barcha musobaqalarda 14 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 2016 yilda futbolchi «Sampdoriya», 2017 yilda esa Angliyaning «Xall Siti» klubida ijara asosida o‘ynagan.
Manbaga ko‘ra, joriy yilning iyun oyi oxirida italiyalikning «Inter» bilan shartnomasi tugaydi va u shartnomani uzaytirish niyatida emas.













