Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq 4-2 Tailand
03/02 15:00 Yaponiya 6-0 Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya 3-2 Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

“Roma” Dzanyolo bo‘yicha fikrini o‘zgartirdi

“Roma” Dzanyolo bo‘yicha fikrini o‘zgartirdi

Baho:
+ | -

"Roma" yozda yarim himoyachi Nikolo Dzanyolo bilan xayrlashmoqchi, deb xabar beradi Sky Sports Italia. 22 yoshli futbolchi transferga qo‘yildi.

Futbolchining o‘zi "Yuventus" yoki "Milan"ga o‘tishni xohlaydi, ammo "Roma" uning xorijga ketishini afzal ko‘radi.

Taxminlarga ko‘ra, italiyalikning transferi "bo‘rilar"ga 55 million yevroga yaqin daromad keltirishi mumkin.

Dzanyoloning o‘zi A Seriyani tark etishni istamayapti, garchi unga Angliya Premyer-ligasi klublari qiziqish bildirayotgan bo‘lsa ham.

O‘tgan mavsumda Nikolo "Roma" safida barcha musobaqalarda 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 9 ta golga assistentlik qildi.

Yarim himoyachining Rim klubi bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Kiritildi: 22:05, 03.06.2022.
O'qildi: 1715 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.