"Bolonya" rahbariyati "Atalanta" yarim himoyachisi Aleksey Miranchukning transferini rad etdi.
Bu haqda klub sport direktori Jovanni Sartori malum qildi.
"Atalanta" va "Bolonya" o‘rtasida Miranchukning transferi bo‘yicha muzokaralar bormi? Yo‘q", - dedi Sartori.
Avvalroq, bergamoliklar Miranchukni sotib olish sharti bilan ijaraga bermoqchiligi va "Bolonya" bilan shu haqida muzokaralar olib borayotgani xabar qilingandi.