"Yuventus" jamoaga hozirda erkin agent bo‘lgan qanot hujumchisi Anxel Di Mariya kerakligiga ishonchi komil emas. U avvalroq "PSJ"ni tark etgandi.
Jurnalist Fabrisio Romanoning yozishicha, turinliklar futbolchiga ikki yillik shartnoma taklif qilgan, biroq yarim himoyachining o‘zi bir yillik shartnomani xohlaydi.
Futbolchiga “Barselona” va “Lids”dan ham taklif bor. Kataloniya jamoasi bosh murabbiyi argentinalik futbolchini "Barsa"da ko‘rmoqchi.
Anxel Di Mariya o‘tgan mavsum Fransiya chempionatida 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.