Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

“Onamning hayoti bilan qasam ichaman. U “Real”ga qarshi o‘ynamoqda” yoxud Benzema Vinisiusni nega haqorat qilgan?

“Onamning hayoti bilan qasam ichaman. U “Real”ga qarshi o‘ynamoqda” yoxud Benzema Vinisiusni nega haqorat qilgan?

Baho:
+ | -

Benzema-Vinisius tandemi Yevropadagi eng yaxshi juftliklaridan biri hisoblanadi. Yakunlangan mavsum bu ikki futbolchi bir-birini tushunish borasida katta yutuqqa erishdi va "Real Madrid"ga La Liga oltin medallari va Chempionlar Ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritishda katta yordam berdi.

O‘tgan mavsumda Vinisius ko‘proq Benzemaning golli uzatmasidan, Karim esa mos ravishda braziliyalikning paslaridan gol urgan. Karlo Anchelotti qo‘l ostida ikki futbolchi ham o‘zlarining kuchli tomonlarini ko‘rsatishdi va bir-birini kerakli paytda ajoyib tarzda qo‘llab-quvvatlashdi. Benzema ko‘pincha “yolg‘on to‘qqizlik” pozisiyasida o‘ynadi. U maydon markaziga o‘tadi va jarima maydonchasida birdaniga ochiladi. Vinisius esa sherigining ajoyib harakatlaridan foydalanib, unga betakror pas beradi. Ha, hozirda bu mukammal ishlaydigan mexanizm, Yevropada ularning tengi yo‘q, lekin har doim ham shunday emas edi.

2020/21 yilgi mavsum Vinisius uchun juda og‘ir boshlandi. Forvard jiddiy jarohat sabab 7 oyni maydon tashqarisida o‘tkazib yubordi va jamoaga yaxshi moslasha olmadi. Tajribali futbolchilarning o‘yiniga asoslangan "Real Madrid" tizimida yosh vinger o‘zini topishi juda qiyin kechdi. Chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turi doirasidagi “Borussiya M”ga qarshi kechgan bahsning birinchi bo‘lim juda u uchun omadsiz bo‘ldi. Vini umuman o‘z o‘yinini namoyish eta olmadi. U ko‘p hollarda to‘pni yo‘qotdi, sheriklarining harakatini tushunmadi. Qisqasi, Junior o‘yin davomida ko‘p bora “qovun tushurdi”.

Ikkinchi bo‘lim boshlanishi arafasida Benzemaning himoyachi Ferlan Mendi bilan suhbatni kameraga tushib qoldi.

“Ferlan, u bilan o‘ynamang. Onamning hayotiga qasam ichaman, Vinisius bizga qarshi o‘ynayapti. U kerakli paytda uzatma bermayapti va o‘zining aldamchi harakatlari bilan bizni qiyin ahvolga solib qo‘ymoqda”, — dedi Karim vatandoshiga. Bu suhbat tezda ommaga ma’lum bo‘ldi va mutaxassislar tezda bir qiziq fakt bilan bo‘lishdi. Ikkinchi bo‘limda Karim Vinisiusga birorta ham pas bermadi.

"It hurar, “to‘qqizinchi” raqam o‘taverar", — dedi Benzema bu mish-mishlarga. Bir necha kundan keyin AS gazetasi Karim Vinisius bilan masalani hal qilish uchun uchrashgani haqida yozdi.

Benzema tajribali yetakchilardek harakat qildi. U Vinisiusda ulkan iste’dod borligini tezda tushundi. Uni faqat to‘g‘ri yo‘nalishga yo‘naltirish va maydonda o‘zini yo‘qotib qo‘ymasligi uchun yordam berish kerakligini angladi. Keyinchalik, Ispaniya matbuoti o‘yinlar davomida Karim yosh jamoadoshiga bir necha bor dalda berib, unga yaxshi maslahatlar bergani haqida ma’lum qilishni boshladi. Bu tezda o‘z samarasini bermadi, lekin braziliyalik hujumchi asta-sekin o‘sib bordi. 2021/22 yilgi mavsumda ular o‘rtasidagi o‘zaro tushunish darajasi yuqori darajaga yetdi.

Benzema 2022 yilning yanvarida Vini haqida shunday dedi: “Hozirda Vinisius avvalgidek emas. Men uning ko‘proq narsaga qodir ekanligini bilardim. Maydonda unga ko‘p narsalarni, ayniqsa, darvozaga 20 metr qolganda qanday harakat qilish kerakligini o‘rgatdim. Ilgari men hech kimga bunday narsalarni tushuntirishga majbur bo‘lmaganman, aksincha, o‘zim ham yoshi katta futbolchilar bilan o‘ynaganman va ulardan ko‘p narsa o‘rganishga majbur bo‘lganman. Vinisius ham hozirda shunday qilmoqda va men unga yordam berishda davom etaman”.

Bunga javoban Vinisius shunday dedi: “Benzema - ajoyib inson va ajoyib futbolchi, u menga maydonda ham, undan tashqarida ham yordam berish uchun hamma narsani qiladi. U bilan o‘ynash – har qanday futbolchi uchun orzu. Men unga o‘xshaganlarni faqat video o‘yinlarda ko‘rganman. U boshidanoq menga ishondi va meni qo‘llab-quvvatladi. Biz bir-birimizning o‘zaro tushunish darajasini ideal darajaga yetkazishga harakat qilmoqdamiz”.

Krishtianu Ronalduning ketishi va uning o‘rnini egallagan Azarning jarohatlaridan so‘ng, "Real" hujumdagi o‘yin sifatida, orqaga ketadigandek tuyuldi. Ammo 34 yoshli Benzema va 21 yoshli Vinisius maydonda umumiy til topishdi va "Real Madrid"ga Yevropa futbolining eng yuqori pog‘onasida qolishga yordam berdi. Yakuniga yetgan mavsum ular Madridga Chempionlar ligasining navbatdagi kubogini olib kelishdi. Ammo, shuni ham ta’kidlash kerakki, ko‘pchilik mutaxassislar “Real”ning YECHLdagi 14-g‘alabasiga umuman ishonishmagan edi. Biroq, Anchelotti boshchiligidagi klub buni qanchalar noto‘g‘ri ekanligini amalda isbotladi.

 

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 18:07, 13.06.2022.
O'qildi: 20876 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.