Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

XXI asrda APL klublarining eng ko‘p xaridlari qayerdan edi?

XXI asrda APL klublarining eng ko‘p xaridlari qayerdan edi?

Baho:
+ | -

Angliyadagi klublar yangi asr boshlangandan buyon hamma kabi transferlarni amalga oshirdi. Ammo ularning eng ko‘p futbolchi sotib olish «manba»lari qaysi klublar edi? Quyida ayrim mashhur jamoalarning yigirma birinchi asrdagi xaridlari haqida gap boradi.

«Arsenal»: eng ko‘p «Chelsi»dan ‐ 6 marta

Futbolchilar: Petr Chex, David Luis, Lassana Diarra, Villian, Vilyam Gallas, Yossi Benayun.
Umumiy sarflangan summa: 23,4 million funt

«To‘pchilar» 11 futbolchining deyarli yarimini «Chelsi»dan olgan. Jamoa 2000 yildan beri APLning qolgan 19 klubiga qaraganda ko‘proq chetdan o‘yinchi olib kelgan. Bu savdolardan esa «Lill», «BVB» hamda «Real» eng ko‘p foyda ko‘rdi.

«Chelsi»: eng ko‘p «Barselona»dan - 7 ta marta

Futbolchilar: Sesk Fabregas, Pedro, Zenden, Emmanyuel Peti, Deko, Belletti, Bogard
Umumiy sarflangan summa: 89,91 million funt

«Chelsi» eng ko‘p marta «Barselona»dan futbolchi jalb qilgan. Ammo pul sarflash borasida «Real» bilan hamkor edi. London klubi Madriddan Morata, Kovachich, Makelele va Jeremini jami 126 million funtga olib kelgan.

«Everton»: eng ko‘p «MYU»dan - 8 marta

Futbolchilar: Morgan Shnederlen, Fil Nevill, Tim Xovard, Darron Gibson, Donni van de Bek, Ueyn Runi, Tom Kleverli, Lui Saa, Yesper Blumkvist
Umumiy sarflangan summa:29,79 million funt

«Everton» so‘nggi o‘n yilliklarda «MYU» bilan ko‘p bor hamkorlik qildi. Naq 8 ta futbolchi aynan mankunianliklar safidan olib kelinadi.

«Lester»: eng ko‘p «Manchester Siti»dan - 8 marta

Futbolchilar: Ixeanacho, Pol Dikov, Maykl Jonson, Kelvin Etuxu, Rayan Makgiver, Ben Mi, Stiv Xovey, Denni Tiato
Umumiy sarflangan summa: 26,28 million funt

Aslida «Man Siti»dan olib kelingan futbolchilarning yarmidan kӯpi, ijara asosida keltiriladi. «Lester» o‘zga jamoalardan ham futbolchi jalb etgan. Masalan: «Monako», «Sporting», «Sent-Etyen», «Nyukasl» va «Zalsburg».

«Liverpul»: eng ko‘p «Sautgempton»dan - 8 marta

Futbolchilar: Virjil Van Deyk, Sadio Mane, Adam Lallana, Deyan Lovren, Nataniel Klayn, Piter Krouch, Riki Lambert, Pol Jons
Umumiy sarflangan summa: 194,27 million funt

«Liverpul» boshqa klublarga qaraganda 70 million funt ko‘proq mablag‘ni aynan «Sautgempton»dan o‘yinchi xarid qilishga ishlatgan. Bu esa kattagina farq sanaladi.

«Manchester Siti»: eng ko‘p «Aston Villa»dan - 7 marta

Futbolchilar: Jek Grilish, Jeyms Milner, Garet Barri, Fabian Delf, Darius Vassell, Styuart Teylor, Peter Shmeyxel
Umumiy sarflangan summa: 151,65 million funt

«Shaharliklar» birgina Jek Grilish uchun 100 milliondan kechgandi. Ammo «Man Siti»dan eng katta foyda ko‘rgan klub «Benfika» sanaladi. Portugaliyaliklar uchta, Ederson, Ruben Diash hamda Xavi Garciaga 115 million funt olgan.

«Tottenxem»: eng ko‘p «Fulxem»dan - 5 ta

Futbolchilar: Rayan Sessenyon, Musa Dembele, Klint Dempsi, Shon Devis, Stid Malbrank         Umumiy sarflangan summa: 55,53 million funt

«Shporlar», shuningdek, «Sautgempton», «PSV», «Portsmunt» hamda «Vest Xem»dan ham 5 tadan futbolchi sotib olgan. Ammo eng katta mablag‘ni aynan «Fulxem»o‘yinchilariga sarflagan edi.

 


ISMATOV J.

Manba: planetsport.com
Kiritildi: 23:43, 13.06.2022.
O'qildi: 2911 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.