Kirish Ro'yxatdan o'tish

Dilyaver Vaniyev: «Yangiyer» bizni himoyalanishga majbur qildi»

Dilyaver Vaniyev: «Yangiyer» bizni himoyalanishga majbur qildi»

Baho:
+ | -

Pro liganing navbatdagi turidan o‘rin olgan "Mash’al" — "Yangiyer" (1:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Dilyaver Vaniyev fikrlarini bildirib o‘tdi.

— O‘yin qiyin o‘tganini hamma ko‘rdi. Ayniqsa, oxirgi daqiqalarni aytmoqchiman. Balki bu tajribasizlikdandir. "Yangiyer" bizga hujum qilib himoyalanishga majbur qila oldi. Ko‘rib chiqib tahlil qilamiz. Bir necha kunlik hordiqdan so‘ng keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz.

— 56-daqiqadagi vaziyatni gol deb hisoblaysizmi?
— Yo‘q, albatta. Qanot hakami hammasini ko‘rib turdi.

— Tayanch yarim himoyachilardan ko‘nglingiz to‘ldimi?
— Ko‘rsatma ko‘proq to‘pni ushlashga qaratilgandi. Ochig‘i, tayanch zonasida yo‘qotishlarimiz bor. Murabbiylar shtabi bilan vaziyatni ko‘rib chiqamiz. Birinchi bo‘limda yomon o‘ynashmadi. Ikkinchi bo‘limda esa funksional jihatdan to‘liq tayyor emasligi sezildi.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 06:34, 15.06.2022.
O'qildi: 953 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик