Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

O‘zbekistonda bokschilar tayyorlashning milliy standarti joriy qilinadi, yurtimizda kubalik tajribali professor ish boshladi

O‘zbekistonda bokschilar tayyorlashning milliy standarti joriy qilinadi, yurtimizda kubalik tajribali professor ish boshladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, 23 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida  sportni ommalashtirish, sport ta’limini yaxshilash va iqtidorli sportchilarni tayyorlash bo‘yicha katta yig‘ilish tashkil etilgandi. Bu borada O‘zbekiston boks federasiyasi tegishli chora-tadbirlarni olib bormoqda. Bungacha federasiya rahbariyati viloyatlarda safarda bo‘lib, hududlardagi vaziyatlarni, u yerdagi holatni o‘rgandi.

Ana shu ishlarning mantiqiy davomi sifatida federasiya seleksiya tizimini rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi katta qadamni tashladi. Prezident topshirig‘i asosida boksi jahonda taraqqiy etgan Kuba mamlakatidan kelgan professor, Kubada zamonaviy boks maktabining bugungi uslubini yo‘lga qo‘ygan tajribali mutaxassis Karlos Vilyanueva endi O‘zbekiston boks federasiyasida maslahatchi sifatida ish boshladi.

Ma’lumot uchun, Karlos Vilyanueva ulkan va boy tajribaga ega professordir. Boks yo‘nalishida 48 yillik tajribaga ega. Kubada bugungi zamonaviy va milliy boks uslubi asoschilaridan biri. Mamlakatda boks maktablari va boks bilan shug‘ullanuvchilar uchun ishlab chiqilgan ko‘plab uslubiy qo‘llanmalar muallifidir.  Uning qo‘llanmalari Kubada darslik sifatida o‘rganiladi. Faoliyati davomida 30 dan ortiq ilmiy qo‘llanmalarni ishlab chiqqan, u yaratgan qo‘llanmalar asosida bir qator mamlakatlarda boks tizimi tashkil etilgan.

Ilmiy ishlardan tashqari, ko‘plab mamlakatlarda murabbiy sifatida muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan. Shogirdlari qatorida Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionatlarining oltin medal egalari bor. Angola, Hindiston, Nikaragua, Pokiston, Venesuela, Meksika, Tayvan, Turkiya kabi mamlakatlarda turli lavozimda ishlagan. Bir qator tajribali murabbiylarning, shu jumladan bugungi kunda Kuba terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlayotgan Rolando Asebalning ham ustozi hisoblanadi.

Kubalik mutaxassisning vazifasi shundan iboratki, u Kuba va O‘zbekiston boks tizimini o‘rganib, tahlil qilgan holda mamlakatimizda bokschilar tayyorlashning yagona uslubiy qo‘llanmasini yaratish ishlarida yaqindan yordam beradi. Ushbu loyiha yo‘lida O‘zbekiston boks federasiyasi va O‘zbekiston davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti mutasaddilaridan tashkil topgan ishchi guruh tuzildi. Ayni paytda bu ishchi guruh o‘rganish ishlarini boshlab yuborgan.

O‘zbekiston boks federasiyasida o‘tkazilgan yig‘ilishda ham universitetda faoliyat olib boruvchi professor, dosentlar bilan birgalikda ushbu loyiha muhokama qilindi, bir qator muammolar tahlil qilindi. Qilinadigan ishlar rejalashtirildi, yo‘l xaritalari tuzib olindi. Unga ko‘ra, ishni tizimli yo‘lga qo‘yishda murabbiylar malakasini oshirish muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida ta’kidlandi.

Yana bir yangilik - rejaga binoan, endi O‘zbekistonda bokschilarni tayyorlash bo‘yicha milliy standart ishlab chiqiladi. Ana shu standart bolalar va o‘smirlar sport maktablari, boks maktablari, Olimpiya zaxiralari kollejlarida joriy qilinadi va yangi tizim asosida bokschilar tayyorlanadi. Bu esa o‘z navbatida seleksiyani samarali tashkil etish, yangidan-yangi nomlarni kashf etishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

O‘zbekiston boks federasiyasi matbuot xizmati

Manba: https://t.me/boxinguzbekistan
Kiritildi: 23:00, 18.06.2022.
O'qildi: 1378 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.