Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton 2-2 Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone 3-2 Venetsiya
06/09 18:00 Parma 1-1 Monsa
06/09 19:15 Valensiya 0-5 Barselona
06/09 20:30 Arsenal 2-1 Chelsi
06/09 21:00 Bolonya 2-2 Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga 0-0 Levante
06/09 21:30 Alaves 5-2 Osasuna
06/09 23:45 Yuventus 1-1 Milan
07/09 00:00 Espanyol 1-1 Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio
08/09 00:30 Elche - Real Sosyedad

Saad ash-Shehriy: «Finalda hamma narsa ro‘y berishi mumkin»

Saad ash-Shehriy: «Finalda hamma narsa ro‘y berishi mumkin»

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistoni U23 terma jamoasi bosh murabbiyi Saad ash-Shehriy O‘zbekistonga qarshi kechadigan final bahsi oldidan o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

"Finalgacha yetib kelganimiz uchun jamoam bilan faxrlanaman. Bu men uchun faoliyatimdagi ikkinchi final bo‘ladi. Finalda yaxshi o‘yin ko‘rsatib, uyga sovrin bilan qaytishga umid qilaman.

Finalda ham konsentrasiya saqlab qolishga va muvaffaqiyatli yurishimizni davom ettiramiz, deb umid qilyapman. Lekin bu final, unda hamma narsa ro‘y berishi mumkin. Ha, raqib gol urishi mumkin. Biz esa har qanday vaziyatga tayyorgarlik ko‘ryapmiz.

Ushbu avlod avvalgisidan farq qiladi. Biz bu jamoani so‘nggi 6 oy ichida tayyorlashni boshladik. Shunga qaramay, finalgacha yetib kelganimiz — bu juda yaxshi holat. Biz ko‘proq kelajakni ko‘zlab ishlayapmiz. Yaxshi avlodni shakllantirgan holda musobaqalarning yarim final yoki finaligacha yetib borishimiz zarur.

O‘zbekiston — kuchli jamoa. Ularning yaxshi o‘yin uslubi bor. Biz esa bunga tayyormiz. Ular anchadan beri ushbu jamoani tayyorlab kelishdi. O‘zbekiston bilan ikki marta to‘qnash kelganmiz. Ular bizni, biz esa ularni yaxshi bilamiz.

Yaxshi taktika va ruhiy ustunlik evaziga finalda g‘alaba qozonamiz, deb o‘ylayman. O‘yindan zavqlanib to‘p tepish biz uchun muhim ahamiyatga ega. O‘z xalqimiz va muxlislarimizni quvontirishni istayman. Bizga tushadigan bu bosim esa biz uchun foydali. Chunki o‘yinchilarda konsentrasiya va kurashga bo‘lgan chanqoqlik yuqori bo‘ladi", — dedi ash-Shehriy.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 05:35, 19.06.2022.
O'qildi: 4028 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик