Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf

Ronaldo o‘z jamoasiga Marselo va Dani Alveshni taklif qilmoqchi

Ronaldo o‘z jamoasiga Marselo va Dani Alveshni taklif qilmoqchi

Baho:
+1 | -

La Ligaga qaytgan "Valyadolid" himoyasini kuchaytirish niyatida.

UOL xabariga ko‘ra, klub 39 yoshli Dani Alvesh va 34 yoshli Marseloni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirgan.

Har ikki futbolchi ham klubning 51 foiz aksiyalariga egalik qiluvchi Ronaldoning iltimosiga ko‘ra jamoaga qo‘shilishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, "Valyadolid" rahbariyati Marselo va Dani Alveshning maoshlari sezilarli darajada kamayishidan umid qilmoqda, chunki ispan klubi ularga avvalgi jamoalarda olganidek maosh to‘lashga qodir emas.

Marselo 2007 yildan beri "Real"da o‘ynab kelayotgan edi. Shu yozda braziliyalik erkin agent sifatida Madrid klubini tark etdi.

15 iyun kuni Alvesh "Barselona"ni tark etishini e’lon qildi. U ham shartnomasi tugagach, erkin agent sifatida ketadi.

"Valyadolid" 2021/22 yilgi mavsumda Ispaniya ikkinchi divizionida ikkinchi o‘rinni egallab, La Ligaga qaytdi.

Kiritildi: 22:47, 19.06.2022.
O'qildi: 6291 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.