Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Nagelsmanning inqilobi: Mane bilan shartnoma imzolash “Bavariya” uchun nega kerak?

Nagelsmanning inqilobi: Mane bilan shartnoma imzolash “Bavariya” uchun nega kerak?

Baho:
+1 | -

Sadio Mane faoliyatini "Bavariya"da davom ettiradi. Senegallik Myunxen klubiga ko‘chib o‘tishni ma’qul ko‘rdi. Forvard o‘sha yerda klub tarixida qolish uchun harakat qilish niyatida. Shu sabab bugun biz “Bavariya” Maneni nima uchun xarid qilgani va futbolchini Germaniya Bundesligasida nimalar kutayotgani haqida batafsil to‘xtalmoqchimiz.

"Bavariya"ning 2022/23 yilgi mavsumi biz so‘nggi yillarda ko‘rganimizdan juda farq qilishi mumkin. Katta ehtimol bilan klub tubdan o‘zgaradi. Sababi, so‘nggi paytlarda "Bavariya" hujum chizig‘ining haqiqiy qiroli Robert Levandovski ham klubni tark etishi mumkin. Agar biz nemis klubining so‘nggi yillardagi o‘yinlariga nazar solsak, “Bavariya” futbolchilari to‘pga egalik qilishi bilan uni polshalik goleadorga uzatib berishadi. Robert esa...

Albatta, bu borada ko‘p taxminlar mavjud. Xosep Gvardiola, Karlo Anchelotti, Niko Kovach, Xansi Flik va hatto ​​YUlian Nagelsmann ham jamoaga o‘z imzosini olib kelgani rost. Ammo, nima bo‘lgan taqdirda ham, “Bavariya” hujumidagi holat ko‘p jihatdan Levandovskiga bog‘liq edi. Aynan polyakning ajoyib o‘yini ikki yil oldin "Bavariya"ga Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishga yordam berdi. Shu bilan birga, aytishimiz mumkinki, Levandovskining tarkibda yo‘qligi hamisha sezilarli bo‘lgan. Agar, u jarohat yoki shu kabi biror sababga ko‘ra o‘yinni o‘tkazib yuborsa, myunxenliklar o‘yinida pasayish kuzatiladi.

Ko‘rinishidan, polshalik "Bavariya"ni shu yozda tark etadi. Bu hali aniq emas, chunki "nemis mashinasi" rahbariyat tajribali futbolchi uchun katta pul talab qilmoqda va "Barselona"da bu summani to‘lash uchun yetarlicha pul yo‘q. Biroq, Yulian Nagelsmann forvarddan qutulishga rozi ekanligini bildirgan. Sababi futbolchi murabbiyning ishidan norozi. Levandovski bu yil yoki keyingi yil albatta Myunxenni tark etadi. "Bavariya" ham Robertning ketishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Sababi myunxenliklar uning o‘rniga “Liverpul” hujumchisi Sadio Maneni sotib olmoqda.

So‘nggi yillarda nemis klubi qanot hujumlarini kuchaytirib, Sane va Gnabrini taklif qildi va bir qancha yosh futbolchilarni akademiyadan taklif qildi. Biroq ularning vazifasi baribir Levandovskiga yordam berish, unga assistentlik qilish yoki raqib himoyasini yorib o‘tib, markaziy hujumchi uchun ochiq joy yaratish edi. Na Sane, na Gnabri, na boshqa hech kim Myunxen klubi hujum chizig‘ida asosiy futbolchi bo‘lmagan.

Mane - zamonaviy futbolning haqiqiy yulduzi. Balki senegallik o‘zining eng yaxshi yillarini “Liverpul”da o‘tkazgan bo‘lsa-da, baribir jamoaga qandaydir natijalar bera oladi. Albatta, u "Bavariya"ga qandaydir yulduz bilan birga o‘ynash uchun emas, balki o‘z o‘yini yanada yaxshilash va Qatardagi Mundial oldidan ajoyib formada bo‘lish uchun kelmoqda. "Liverpul"da Mane Salohning soyasida qolishni istamadi va yetakchi bo‘lishni xohlayotgani aniq. Agar, Levandovski jamoada qolsa senegallik yana ikkinchi bo‘lib qolishi mumkin. Albatta, Sadio shartnoma imzolashdan oldin bu narsalarni muhokama qiladi.

Oldin “Bavariya” faqat Levandovski uchun o‘ynagan bo‘lsa, endi Nagelsman jamoaning hujumda o‘yinni tiklaydi, bunda klub markaziy hujumchi tayanmagan holda o‘yin namoyish etadi. Misol uchun, Timo Verner “Leypsig”ni tark etganidan so‘ng, klub Nkunku, Olmo va Forsberg kabi futbolchilarga e’tibor qaratib, toza hujumchisiz ham ajoyib o‘yin ko‘rsatish mumkinligini isbotladi. Balki, "Bavariya" ham hozir to‘purar futbolchi izlamaydi, ular jamoaviy o‘yin namoyish etishga yordam beradigan futbolchi qidirmoqda.

Umuman olganda, hujumda jamoaviy o‘yin foydasiga bitta super to‘purar bo‘lishi yaxshi va to‘g‘ri fikr.

"Liverpul"ning kuchliligi shundaki, oldinda uchta kuchli futbolchi bor. Shunchaki, turli kombinaciyalarda ham Mane, Saloh, Firmino, Jota va Diaslar o‘rin almashishga, bir-birini to‘ldirishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu esa raqiblarni sarosimaga solib qo‘ydi. Nagelsmann "Bavariya"da ham xuddi shunday o‘yinni tashkil qiladimi - bu savol. Albatta, Manening jamoaga qanchalik foyda keltirishi yoki keltirmasligini aniq ayta olmaymiz. Barchasini yangi mavsum boshlanganidan so‘ng bilib olishimiz mumkin.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 19:48, 20.06.2022.
O'qildi: 4576 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.