Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ryudiger nima uchun 22-raqamni tanlaganini tushuntirdi

Ryudiger nima uchun 22-raqamni tanlaganini tushuntirdi

Baho:
+ | -

Germaniyalik himoyachi Antonio Ryudiger "Real" bilan shartnoma imzoladi. Ryudiger qaysi raqam ostida chiqish qilishi ham ma’lum - 22-raqam. Ilgari Isko bu raqam ostida o‘ynagan, ammo uning kelajagi endi klub bilan bog‘liq emas. Ryudiger nima uchun 22-raqamni tanlaganini tushuntirdi.

- Men ikkinchi raqamni yaxshi ko‘raman, lekin uni allaqachon Karvaxal olgan. Menga 12 yoki 22-raqamni tanlashni taklif qilishdi va men 22-raqamni tanlashga qaror qildim. Bu menga yoqdi, tamom", - deya nemis himoyachisining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Ispaniyaning Marca nashri.

Ryudiger avvalroq Londonning “Chelsi” jamoasida to‘p surgan.

Kiritildi: 10:15, 21.06.2022.
O'qildi: 2414 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.