Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/04 23:59 Bavariya 4-3 Real Madrid
15/04 23:59 Arsenal 0-0 Sporting
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari

Ispaniya 2030 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilishdan voz kechdi

Ispaniya 2030 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilishdan voz kechdi

Baho:
+ | -

Ispaniya Milliy Olimpiya qo‘mitasi 2030 yilgi qishki Olimpiada o‘yinlariga mezbonlik qilish bo‘yicha arizasini qaytarib olishga qaror qildi.

Bunga Aragon va Kataloniya hukumatlari musobaqalarni taqsimlash borasida kelishuvga erisha olmagani sabab bo‘lgan.

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi avvalroq 2030 yilgi Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilish uchun yana 3 ta ariza olgan edi. Ispanlar Amerikaning Solt-Leyk Siti, Yaponiyaning Sapporo va Kanadaning Vankuver shaharlari bilan raqobat qilayotgandi.

Yana qator mamlakatlar qishki Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilish bo‘yicha tenderda qatnashish imkoniyatini o‘rganmoqda.

2030 yilgi qishki Olimpiada o‘tkaziladigan joy XOQning 2023 yilgi sessiyasida e’lon qilinadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 15:16, 22.06.2022.
O'qildi: 1150 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик