Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Pogbaning yangi klubiga o‘tishi haqidagi yakuniy tafsilotlar bugun hal qilinadi

Pogbaning yangi klubiga o‘tishi haqidagi yakuniy tafsilotlar bugun hal qilinadi

Baho:
+ | -

Janluka Di Marsioning ijtimoiy tarmoqdagi xabariga ko‘ra, fransiyalik yarim himoyachi Pol Pogbaning Turinning "Yuventus" klubiga o‘tishi haqidagi yakuniy tafsilotlar bugun hal bo‘lishi kerak.

Manbaga ko‘ra, tomonlar muhokama qilishlari kerak bo‘lgan faqat bitta muhim jihat - shartnoma uzaytirish imkoniyati bilan to‘rt yilga yoki uch yilga imzolanishi.

Pogbaning tibbiy ko‘rikdan o‘tishi 5-8 iyul kunlariga belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, fransiyalik futbolchi o‘tgan mavsum oxirida "Manchester Yunayted"ni tark etgandi. Turinliklardan tashqari, Fransiyaning "PSJ" klubi ham futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda.

Yakunlangan mavsumda Pogba “Manchester Yunayted” safida barcha turnirlarda 27 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt internet portali Polning bozor narxini 48 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 10:49, 23.06.2022.
O'qildi: 1265 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик