Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Futbol tarixidagi eng chiroyli 10 ta to‘p

Futbol tarixidagi eng chiroyli 10 ta to‘p

Baho:
+1 | -

Angliya Premyer-ligasining 30 yillik yubileyi nishonlanishiga yaqin turibdi. Ushbu yillar davomida APL har mavsumda o‘ziga xos dizayndagi to‘plardan foydalanib keldi. Bugun e’tiboringizga Angliyadagi jozibali to‘plar bilan birgalikda, dunyo futbolida foydalanilgan eng go‘zal 10 ta «Official Matchball»ni namoyish etamiz.

1. Adidas Telstar

Dunyoning istalgan insoni 1970 yildagi Jahon chempionatida foydalanilgan to‘pning dizayni haqida ma’lumotga ega. Chunki Meksikadagi mundial o‘ziga xos edi. «Adidas» tomonidan ishlangan rasmiy koptok televizorda ravshanroq ko‘rinishi uchun 12 ta qora rangdagi beshburchak bilan, 20 ta oq rangdagi oltiburchak bilan yasaladi. «Telstar» deb nomlangan ushbu to‘p, futbol madaniy merosi sanaladi.

2. Mitre Ultimax



«Mitre» tomonidan ishlangan to‘p, ilk bor Angliyada foydalaniladi. «Ultimax» deb nomlangan rasmiy to‘p 1995 yildan to 2000 yilga qadar, APLda «Nike»ning erasi boshlanguncha, 5 yil davomida foydalanilgan.

3. Nike Flight

APLning yangi mavsum to‘pi, sizni 90 yillar boshiga olib ketadi. Liganing 30 yilligini nishonlash bahonasida 1992 yilgi «Mitre»ning dizayni asosida yaratilgan to‘p, aynan o‘sha davrdagi ranglarni ifoda etadi. To‘p yuzasiga katta-katta qilib, hoch ramzi tushirilgan va o‘nlab yillar oldinni esga soladi.

4. Nike Geo Merlin

«Nike» ilk bor Premyer-ligaga kirib kelgan davrlarda «Geo Merlin» paydo bo‘ladi. Kompaniya ushbu to‘plarni aerodinamikali qilib tayyorlagan edi. Ushbu to‘p APLda ikki mavsum davomida foydalanilgandi. Ikki mavsumdan keyin esa «Geo Merlin II»ga o‘zgartiriladi.

5. Adidas Fevernova

«Adidas Tango» o‘n yillar davomida Jahon chempionatlarida foydalanib kelinadi. Ammo 2002 yilda, Janubiy Koreya hamda Yaponiyadagi mundialda hammasi o‘zgarib ketdi. «Adidas» o‘z mahsulotiga keskin o‘zgartirishlar kiritib, naqsh hamda bezaklarni butunlay o‘zgacha uslubga moslaydi.

6. Nike Total 90 Aerow

«Nike» 2000 yilda «Total 90» versiyasidagi to‘plarni ishlab chiqaradi. 2004 yilda esa APLning yangi mavsumo uchun «Total 90 Aerow» taqdim qilinadi. Ushbu to‘p dizaynining o‘ziga xosligi, to‘p diametri bo‘ylab ikkita chiziq tortilgani bilan ajralib turardi. Keyinchalik, «Nike» ushbu to‘pni to‘rtta avlodini taqdim etadi.

7. Adidas Tango 12

Ha, o‘zining oddiy va sodda dizayni sabab «Tango» versiyasidagi to‘plar uzoq vaqt mashhurlik cho‘qqisida turdi. 1978 yilda yangi avlodi chiqqach, 1980 yillar ham ulardan foydalanib kelindi. «Adidas» o‘sha eski an’anasiga sodiq qolgan holda Yevro-2012 musobaqasiga maxsus, «Tango 12» to‘pini taqdim etadi.

8. Adidas +Teamgeist

2006 yilgi Jahon chempionati uchun maxsus ishlangan to‘p, Germaniyaning o‘zida ko‘plab tanqidlarga sabab bo‘ladi. Ammo o‘zining qulay va innovasion ekani bilan, hammada keyinchalik ijobiy taassurot qoldiradi.

9. Adidas Jabulani

2010 yilgi Jahon chempionati uchun yaratilgan to‘p, oldingi avlodlarga qaraganda aerodinamikroq bo‘lgan. Ammo darvozavonlar uchun noqulaylik tug‘dirgan. Negaki, uning havodagi harakati ancha notekis edi. Shunga qaramay, ushbu to‘p o‘zining dizayni orqali butun dunyoda mashhur bo‘ldi.

10. Adidas Al Rihla

«Adidas» 2022 yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati uchun maxsus to‘pni namoyish etdi. Ushbu rasmiy ob’ekt o‘zida mezbon davlat millati ramzini aks ettiradi. Arab tilidan tarjima qilinganda to‘p nomi «Sayohat» degan ma’noni beradi. To‘p dizayni Qatar davlat ramzlarini o‘zida jamlagan. To‘p o‘zining dizayni, innovasion texnologiyasi hamda chiroyidan tashqari, savobli tomonga ham ega – uni savdosidan tushgan puldan 1 foizi xayriya ishlari uchun sarflanadi.

 


Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: 90min.com
Kiritildi: 18:00, 23.06.2022.
O'qildi: 4330 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.