"Bayer" hujumchisi Lukas Alario Frankfurtning "Ayntraxt" klubiga o‘tdi.
Frankfurtliklar klubi argentinalik futbolchi bilan 2025 yilgacha shartnoma imzoladi. Bild xabariga ko‘ra, bu transfer jamoaga taxminan 5 million yevroga tushgan.
Bundesliga so‘nggi mavsumida 29 yoshli hujumchi 27 uchrashuvda 6 ta gol urdi. U 2017/18 yilgi mavsumdan beri Leverkuzenning "Bayer" klubida o‘ynab kelayotgan edi.