Garet Beyl «Kardiff»ga qaytishi mumkin. Quyida uzoq yillik faoliyatlaridan so‘ng ilk debyut qilgan klubiga qaytgan futbolchilar haqida so‘z yuritamiz.
Boshqa ko‘plab superyulduzlar ham kamtarlik bilan o‘z faoliyatlarini yakunlashgan. Quyida bu haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Garet Beyl "Real"dan ketganidan keyin faoliyatini boshqa klubda davom ettirish uchun ko‘plab variantlar bor edi. Madridda uelslik futbolchining obro‘si yaqin yillar ichida ancha pastga tushib ketgandi. Zero, Garetning o‘zi ham qaymoqrang futbolkada maydonga tushgan o‘yinlarini barmoq bilangina sanasa ajab emas. Shu sababli u taqdirga tan berdi va jamoani tark etish variantida to‘xtaldi. Biroq shunisi e’tiborga molikki, u Uels terma jamoasini 64 yil ichida birinchi marta jahon chempionatiga olib chiqdi. Shu tufayli Beyl Qatarga kuchli formada borish uchun ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega klub tarkibiga borib qo‘shilmoqchi.
Shu bois “Real Madrid”ni erkin agent sifatida tark etar ekan, u keyingi klubni oilasi manfaatlaridan kelib chiqib tanlashini ta’kidladi. Bunda variantlar qatorida to‘satdan "Kardiff Siti" paydo bo‘ldi. Ayni dam kamtarona Chempionship klubi 32 yoshli yulduz bilan muzokaralar olib bormoqda, u o‘zining 554,000 funt sterlinglik maoshining katta qismidan voz kechishiga rozi.
Diyego Milito ("Rasing")
"Rasing" o‘zining "kamtarona" futbol akademiyasiga ega. Bu klubning yulduzlarni yetishtirish qobiliyati ancha kuchli. Diyego Milito 1999 yildan 2003 yilgacha bo‘lgan muddatda ushbu akademiya bitiruvchisi edi. Keyin "Jenoa" va "Saragosa" sharafini himoya qildi. Lekin Milito 2009 yilda darhaqiqat "Inter"da yulduzga aylandi. U yerda futbolchi 75 ta gol urdi va 29 ta golli uzatmani amalga oshirdi, 2009/10 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisiga aylandi, chempionlik va Italiya kubogini, shuningdek, Chempionlar ligasini qo‘lga kiritdi. Milito 2014 yilda "Rasing"ga qaytdi va 36 yoshida so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi.
Van Persi (“Feyenoord”)
"Arsenal" va "Manchester Yunayted"ning sobiq yulduzi 2001/02 yilgi mavsumda 17 yoshida mahalliy jamoa "Feyenoord" safida debyut qilgan. 2004 yilda gollandiyalik futbolchi "Arsenal"ga o‘tdi va u yerda 278 o‘yinda 132 ta gol urdi. Van Persi aynan Londonda jahon futboli yulduzi va Angliya chempionatining eng yaxshi to‘purarlaridan biriga aylandi. Uning «Manchester Yunayted»ga bahsli ravishda o‘tishi biroz bo‘lsada obro‘siga ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin, ammo bu uning umumiy faoliyatiga jiddiy ta’sir qilmadi. Va Angliya Robin uchun og‘irlashib qolganida u "Fenerbaxche"ga o‘tdi. U yerda uch yilini o‘tkazdi va 2018 yilda "Feyenoord"ga qaytdi.
Dirk Kyuyt ("Kvik Boys")
Besh yoshida Kyuyt futbolchilik faoliyatini kamtaringina "Kvik Boys" jamoasida boshlagan, u bu yerdan keyinchalik "Utrext"ga o‘tgan, gollandiyalikning professional faoliyati shundan boshlangan. Kyuyt u yerda besh mavsum o‘tkazdi va 2003 yilda u "Feyenoord"ga o‘tdi. Debyut mavsumida u 20 ta gol urdi va ikki yildan so‘ng Rotterdam jamoasi sardoriga aylandi.
2006 yilda Kyuyt "Liverpul"ga o‘tganidan keyin uning debyutant klubi 300 000 funt sterling miqdorida daromad oldi. "Enfild"da Dirk olti yil davomida 285 o‘yinda 71 ta gol urdi. Keyin esa uning taqdiri deyarli van Persinikiga o‘xshash tus oldi. Kyuyt 2017 yilda nafaqaga chiqqanini e’lon qildi, biroq oradan bir yil o‘tgach, u "Kvik Boys"ga uchinchi divizionga chiqishiga yordam berish maqsadida ortga qaytdi va so‘zining ustidan chiqdi.
Fernando Torres ("Atletiko Madrid")
Fernando 1995 yilda 11 yoshida "Atletiko Madrid"ga kelib qo‘shilgan va olti yildan so‘ng jamoadagi debyutini o‘tkazdi. U birinchi mavsumida sovrin yuta olmadi, lekin 2007 yilda naq 90 ta gol urdi. Torres "Liverpul"da tezda asosiy qahramon va favoritlardan biriga aylandi.
"Atletiko" 2015 yilda Torresni qayta sotib oldi, shu vaqtgacha hujumchi "Chelsi" va "Milan" safida o‘ynagan. Torres keyinchalik Yaponiyaga yo‘l oldi va u yerda faoliyatini yakunladi, shundan so‘ng “matraschilar”ning yoshlar jamoasini boshqargan.
Runi ("Everton")
"Everton" muxlisi sifatida o‘sgan Runi 16 yoshida jamoada debyut qilgan. 2002 yil oktyabr oyida u "Arsenal"ga qarshi o‘yinda ramziy g‘alaba golini kiritgan va "kanonirlar"ning 30 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasiga chek qo‘ydi. 2004 yilda Runi "Manchester Yunayted"ga o‘tdi va u yerda 2017 yilgacha o‘ynadi va haqiqiy afsonaga aylandi. "Manchester Yunayted" bilan u mumkin bo‘lgan hamma narsani yutib oldi.
Futbolchi 2017 yilda "Everton"ga qaytdi. Shu tariqa, u Premyer-ligada 200 dan iborat gollik marrani bosib o‘tdi va Alan Shirerdan keyin bu boradagi ikkinchi futbolchiga aylandi. "Irischilar"ga ikkinchi tashrifidan so‘ng Runi o‘z faoliyatini "Derbi Kaunti"da yakunladi va u yerda 2020 yildan bosh murabbiy sifatida ishlay boshladi.
Janluiji Buffon ("Parma")
Afsonaviy darvozabon o‘z faoliyatini 30 yildan ko‘proq vaqt oldin "Parma"da boshlagan edi. Yoshlar jamoasidagi to‘rt yillik faoliyatidan so‘ng Buffon 1995 yilda "Parma"da debyut qilgan. 2001 yilda "Yuventus"ga o‘tib, bu yerda 18 ta muhim sovrinni qo‘lga kiritgan va klub ramziga aylangan. Jiji Turindagi uzoq yillik faoliyatidan so‘ng "PSJ"da ham bir muddat o‘ynadi, keyin "Yuventus"ga qaytishga majbur bo‘ldi, biroq qaytgach, Buffon asosiy darvozabonga aylanmadi. Natijada u keyin "Parma"ga borib, ikkinchi yoshligini boshidan o‘tkazdi. O‘tgan mavsumda u B seriyada "Parma" tarkibida 26 o‘yinda maydonga tushdi.