Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Superliga. AGMK - «Nasaf»: prevyu

Superliga. AGMK - «Nasaf»: prevyu

Baho:
+ | -

Bugun, 26 iyun — haftaning yakshanba kuni. Dam olish va hordiq chiqarish barobarida barchani ajoyib futbol o‘yiniga taklif etamiz.

Olmaliqdagi OKMK sport majmuasida AGMK klubi Qarshining "Nasaf" jamoasini mehmon qiladi. Superliga doirasidagi 3-turning qoldirilgan o‘yini bugun soat 20:00da start oladi.

Ro‘ziqul Berdiyev boshqaruvidagi jamoa ayni paytda ichki chempionatda qolgan jamoalarga nisbatan 2ta kam o‘yin o‘tkazgan holda peshqadamdan 4 ochko kam jamg‘argan va jadvalda 6-o‘rinda bormoqda.

AGMK esa 3-o‘rinda va peshqadamdan 3 ochko kam to‘plagan. Bo‘lajak o‘yindagi ehtimoliy g‘alaba jamoamizni 13-tur oldidan peshqadamga aylantirishi mumkin.

Ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlari tarixi ancha qiziq. Chempionat doirasida jami 30 uchrashuv o‘tkazilgan. Ustunlik "Nasaf" tomonida. Qarshiliklar 14 g‘alabaga ega. AGMK esa 5 marotaba g‘alaba qozongan. Qolgan 11 bahsda esa durang qayd etilgan.

Bu ikki jamoani O‘zbekistonning eng kuchli va nomdor murabbiylari Mirjalol Qosimov va Ro‘ziqul Berdiyev boshqaradi.

Ushbu mutaxassislarning O‘zbekiston chempionati doirasidagi o‘zaro o‘yinlari haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, olmaliqliklar ustozi Mirjalol Qosimov hamkasbi Ro‘ziqul Berdiyev bilan 12 marotaba uchrashgan. O‘tkazilgan uchrashuvlarning 7tasida Mirjalol Qosimov g‘alabani tantana qilgan. Ro‘ziqul Berdiyev esa Qosimovni chempionat doirasida faqatgina 3 marotaba mag‘lub etgan. Qolgan 2 o‘yinda esa durang bo‘lgan. Ushbu ikki durang o‘tgan mavsumda Olmaliq va Qarshidagi o‘yinlarda qayd etilgandi.

Qosimov va Berdiyev AGMK va "Nasaf" rulida jami barcha musobaqalarda 8 marta to‘qnashishgan va har ikkala mutaxassisda bu boradagi ko‘rsatkich teng: 3tadan g‘alaba va 2 durang.

Bo‘lajak o‘yinni boshqarish mas’uliyati tajribali FIFA hakami Ilgiz Tantashevga ishonib topshirildi. Shuningdek, markaziy o‘yinda tabiiyki VAR tizimi ishlaydi va unga Aziz Asimov mas’ul etib tayinlangan. Hakamlar nazoratchisi esa Igor Nexochin.

Xullas, bugun ajoyib futbol oqshomi bo‘lishi kutilmoqda. Barcha futbolga mehri bo‘lakcha ishqibozlarni Olmaliqdagi OKMK sport majmuasiga taklif etamiz va 20:00da boshlanajak o‘yinda hamma muxlislarni kutamiz.

O‘yin chiptasi stadion atrofidagi kassalarda 5 va 10 ming so‘mdan sotilmoqda.

Superliga, 3-turning qoldirilgan o‘yini.
26 iyun, yakshanba.
AGMK — "Nasaf" (20:00)
Olmaliq, OKMK sport majmuasi.
Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Rishat Nugmanov, Doniyor Saylovov, Sultonmurod Abdurahmonov.
VAR hakami: Aziz Asimov.
VAR yordamchi hakami: Timur Gaynulin.
Nazoratchi: Igor Nexochin.

Manba: https://t.me/pfcagmk
Kiritildi: 09:35, 26.06.2022.
O'qildi: 2729 marta.
Fikrlar: 39 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.