Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

“Milan”da transferlar masalasida jiddiy muammolar paydo bo‘ldi

“Milan”da transferlar masalasida jiddiy muammolar paydo bo‘ldi

Baho:
+ | -

“Milan” futbolchilar transferi borasida jiddiy muammolarga duch kelmoqda. Rahbariyat masalaga tezroq yechim topishi shart.

Yangi mavsumda “Milan”ga muxlislik qilishga qaror qildingizmi? 11 yillik sukunatdan so‘ng jamoa nihoyat chempionlikni qo‘lga kiritdi va “Inter”ni ham, “Yuventus”ni ham ortda qoldirdi. Aftidan, bunday muvaffaqiyatdan so‘ng, klub mahalliy sovrinlar hamda Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish uchun, katta turnirlarda qatnashmoqchi bo‘lgan yangi yulduzlarni o‘ziga jalb qila boshlaydi. Bu yerda qanday muammolar paydo bo‘lishi mumkin?

Birinchi muammo: asosiy yulduzni qanday saqlab qolish kerak?

Tushunganingizdek, “Milan”ning muammolari transferlar masalasidir. O‘tgan mavsumda klubning asosiy qurollaridan biri hujumchi Rafael Leau edi. U oddiy yuguruvchidan super hujumchiga aylandi va A seriyada 11 gol urib, 8 golli uzatma qayd etdi. Portugaliyalikning shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan, shuning uchun nazariy jihatdan uni uzaytirish kerak. Shu sababdan ushbu masalada qiyinchiliklar boshlandi.

“Milan” ayni damda futbolchining agenti Xorxe Mendesh bilan muzokara olib bormoqda, u Leaudan tashqari Krishtianu Ronalduning manfaatlarini ham himoya qiladi. Tomonlar kelishuvdan uzoqda. Klub futbolchiga yiliga 4,5 million yevro maosh taklif qilgan, Mendesh darhol bu variantdan voz kechgan va 7 million yevro talab qilgan. “Milan” bu mablag‘ni 6 million yevroga oshirishga tayyor, ammo bu ish berishiga kafolat yo‘q.

Hozirda Leau top-klublarda to‘p tepish variantlariga qiziqish bildirmoqda. “Real Madrid” Rafa uchun 120 million yevro to‘lashga tayyor, “Manchester Siti” va “PSJ” ham vaziyatni kuzatmoqda. Leauning o‘zi, garchi u ketishni istamasa ham, bunday qiziqish unga yoqishini tan oladi.

“Real Madrid”ning qiziqishlari haqidagi ma’lumotlardan mamnunman, ammo bu borada hali bir qarorga kelganim yo‘q”, – deydi Rafa.

Milan uchun yana yomon xabarlar bor. Agar klub Leauni sotishga qaror qilsa ham, barcha pullar jamoa g‘aznasiga kelib tushmaydi. Chunki “Milan” 23 yoshli futbolchini “Lill”dan sotib olgach, agar “rossonerilar” uni qaysidir klubga pullamoqchi bo‘lsa, belgilangan summaning ma’lum qismi sobiq klubga berilishi haqidagi band shartnomaga kiritilgan edi. Transfer summasining 15 foizi Fransiyaga “uchib” ketadi.

Ikkinchi muammo: “Milan” asosiy nishondagi futbolchini boy berdi

“Milan” uzoq vaqtdan buyon “Lill” himoyachisi Sven Botmanni kuzatib kelayotgan edi. Gollandiyalik futbolchi Fransiyada katta muvaffaqiyatlarga erishdi va hatto “Liverpul” e’tiborini tortdi. Biroq aynan Italiya klubi asosiy ovchi bo‘ldi. “Milan” Botman bilan shartnoma bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishdi va barchasi himoyachining “San-Siro”ga o‘tishini rasmiylashtirib qo‘yishga bog‘liq edi.

Keyin nima bo‘ldi? Milan shartnomani yakunlash uchun shunchalik ko‘p vaqt sarf qildiki, badavlat “Nyukasl” vaziyatga aralashib, Botmanni “o‘g‘irladi”. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Svenning Angliyaga o‘tishi tez orada rasman e’lon qilinadi.

Uchinchi muammo: Kessiga o‘rinbosar topa olmaslik ehtimoli

So‘nggi yillarda “Milan”da maydon markazini Frank Kessi “yondirib” berdi. Yarim himoyachi bilan yangi shartnoma tuzish bo‘yicha kelishib bo‘lmadi va u “Barselona”da ko‘rinish beradiganga o‘xshaydi. Hechqisi yo‘q, chunki “Milan” tezda unga o‘rinbosar topdi. Gap Renatu Sanshesh haqida ketyapti. Ushbu futbolchi Yevro-2016 dan keyin “Bavariya”ga yo‘l olgan edi. Biroq u yerda saviyasini oshira olmagach, “Lill”da o‘zini ko‘rsatdi (yana o‘sha fransuz klubi).

Endi nima bo‘layotganini taxmin qiling. “Milan” Sanshesh bilan shartnoma shartlarini kelishib oldi va “Lill” bilan faol muzokaralarga kirishdi, ammo “PSJ” katta sahnaga chiqdi. Ayni damda Parij super klubi Renatuni Fransiyada olib qolish ustida ishlamoqda. Klub imkoniyatlarini bilgan holda, agar “PSJ” bosim o‘tkazsa, Sanshesh “Milan” variantidan voz kechishiga shubha yo‘q.

Natijada baxtsiz milanliklar Kessining o‘rniga o‘rinbosar izlashga majbur bo‘ldi. Ko‘rinishidan, tanlov “Sassuolo” vakili Hamed Traoreda to‘xtadi. Birinchidan, bu o‘yinchi haqida hech qachon eshitmagan bo‘lishingiz mumkin. Ikkinchidan, jamoa “motor”i o‘rniga ushbu futbolchi, sizningcha, muqobil variant bo‘la oladimi?

Xulosa oddiy: “Milan” zudlik bilan boshqaruv darajasini yaxshilashi kerak. Hozircha klub o‘zining muvaffaqiyatli kelajagiga tahdid soladigan shubhali harakatlarni amalga oshirmoqda. Jamoa haqiqiy toplar bilan raqobatlasha olmaydi. Lekin butun dunyo yangi mavsumda kuchli “Milan”ni ko‘rishni xohlaydi.

Manba: www.championat.com
Kiritildi: 17:20, 26.06.2022.
O'qildi: 2868 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.