Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Atalanta" yarim himoyachisi "Monsa"ga o‘tadi va jamoa sardoriga aylanadi

"Atalanta" yarim himoyachisi "Monsa"ga o‘tadi va jamoa sardoriga aylanadi

Baho:
+ | -

Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, "Monsa" "Atalanta" yarim himoyachisi Matteo Pessinaning transferi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Manbaga ko‘ra, "byankorossi" bosh direktori Andrea Galliani kecha futbolchining agenti bilan uchrashuv o‘tkazgan va unda tomonlar kelishuvni muhokama qilishda oldinga siljishgan. Qayd etilishicha, Galliani 25 yoshli italiyalikni "Monsa"ning yangi sardori sifatida ko‘rmoqda.

2021/22-yilgi mavsumda Pessina “Atalanta” safida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt.com portali futbolchining narxini 16 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 10:24, 28.06.2022.
O'qildi: 1325 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.