Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» futzal jamoasi kvadruplga erishdi

«Barselona» futzal jamoasi kvadruplga erishdi

Baho:
+ | -

«Barselona» futzal klubi 2021/22 yilgi mavsumda kvadrupl qayd etdi.

25 iyun kuni kataloniyaliklar Ispaniya chempionatida zafar quchdi. Ushbu sovrin «ko‘k-anorranglilar» uchun joriy mavsum to‘rtinchisi bo‘ldi. Avvalroq «Barselona» Chempionlar Ligasi, Ispaniya Kubogi va Ispaniya Superkubogida g‘alaba qozongandi.

Jamoa prezidenti Xoan Laporta to‘rtta sovrinni ham klub muzeyiga topshirdi.

«Klub boshdan kechirayotgan og‘ir davrda futzal jamoasining mavsumni ajoyib tarzda o‘tkazib, eng muhim to‘rtta sovrinni qo‘lga kiritgani va bizga taqdim etgan xursandchiligi uchun juda minnatdormiz», — deydi Laporta.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 15:16, 28.06.2022.
O'qildi: 2584 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик