"Spesiya" Tyago Mottaning jamoa bosh murabbiyligidan ketganini e’lon qildi.
Italiya klubi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 39 yoshli mutaxassis bilan shartnoma tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra bekor qilingan.
O‘tgan mavsumda "Spesiya" A seriyada 16-o‘rinni egallab, mamlakat elit divizionidagi o‘rnini saqlab qoldi.