Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

"Arsenal" sobiq futbolchisi: "Risharlison jamoaning asosiy hujumchisi bo‘la olmasdi"

"Arsenal" sobiq futbolchisi: "Risharlison jamoaning asosiy hujumchisi bo‘la olmasdi"

Baho:
+ | -

"Arsenal"ning sobiq yarim himoyachisi Jek Uilsher "Tottenxem"ga o‘tishi kutilayotgan Risharlison "kanonirlar"ning asosiy tarkibiga kirmasligi haqida ta’kidladi.

Risharlisonning 60 million funt sterling evaziga "Tottenxem"ga o‘tishi tasdiqlandi va yaqin kunlarda bu haqda rasmiy e’lon qilinishi kutilmoqda. U "Tottenxem" uchun Braziliyada tibbiy ko‘rikdan o‘tgan.

"Arsenal" hujumchini qo‘lga kiritish uchun kurash olib bordi, ammo "shporlar"ga imkoniyatni boy berdi. Jek Uilsherning ta’kidlashicha, Mikel Arteta ixtiyoridagi hozirgi hujumchilar braziliyalikni hujumchini asosiy tarkibga kiritmas edi.

"Ha, men uning "Arsenal"da bo‘lishini istardim, lekin u asosiy tarkibga kira olmasdi deb o‘ylayman. Lekin menimcha, u albatta "Tottenxem" tarkibini yaxshilaydi. "Arsenal" muxlisi sifatida men xafa emasman. Risharlison 25 yosh, u hali ham o‘z salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishi kerak, ochig‘ini aytsam, unga Antonio Konte yordam bera oladi. Shuning uchun men "Arsenal" muxlisi sifatida xafa bo‘ldim deb aytmagan bo‘lardim" - dedi Uilshir.

Kiritildi: 08:25, 01.07.2022.
O'qildi: 1458 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик