Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/02 00:45 Roma 3-0 Cremonese
23/02 01:00 Vilyarreal 2-1 Valensiya
23/02 22:30 Fiorentina 1-0 Piza
24/02 00:45 Bolonya 1-0 Udineze
24/02 01:00 Everton 0-1 Man. Yunayted
24/02 01:00 Alaves 2-2 Jirona

Risharlison "Everton" muxlislari bilan xayrlashdi

Risharlison "Everton" muxlislari bilan xayrlashdi

Baho:
+ | -

Bugun "Tottenxem" bilan shartnoma imzolagan "Everton"ning sobiq hujumchisi Risharlison sobiq jamoasi va muxlislari bilan xayrlashdi.

"Mening uyimga aylangan maskan, menga mehr bilan munosabatda bo‘lgan muxlislar va klub bilan xayrlashish juda qiyin. Mening barcha sevgim sizga rahmat aytish uchun yetarli emas. Sizlarni sevaman!" — deb yozdi braziliyalik futbolchi o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida.

Risharlison "Everton"da 2018 yildan beri o‘ynab kelmoqda. Umuman olganda, hujumchi "Everton" safida 152 ta o‘yin o‘tkazib, 53 ta gol urgan va 14 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Avvalroq braziliyalikning transferi London klubiga 50 million yevroga tushgani xabar qilingandi.

Kiritildi: 19:24, 01.07.2022.
O'qildi: 1630 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.