Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Borussiya D 1-0 PSJ
02/05 20:30 Iroq 2-1 Indoneziya
02/05 23:30 Chelsi 2-0 Tottenhem
03/05 20:30 Yaponiya - O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza - Monpelye
03/05 23:45 Torino - Bolonya
04/05 00:00 Luton - Everton
04/05 00:00 Lans - Loryan
04/05 00:00 Xetafe - Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko

Futbol va biznes: Bir porlash hisob emas

Futbol va biznes: Bir porlash hisob emas

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Rossiyalik biznesmen Mixail Ponomaryov tasarrufidagi «Yurdingen» 2021 yili seriyali muvaffaqiyatsizlar ortidan qarzga botib qoldi.

Oqibatda klubni sotishga to‘g‘ri keldi. Bu Ponomaryov uchun sportdagi eng katta xafagarchilikdir... Quyidagi maqolada Germaniyadagi eng «qariya» klublardan biri haqida kuzatilgan oxirgi voqealarga zimdan nigoh tashlandi.


KUCHLI ISHTIYOQ  BILAN...

Mixail Ponomaryov 2015 yili Germaniya quyi ligalaridan yuqoriga ko‘tarilolmay, rosa qiynalgan «Yurdingen 05»ni xarid qilib, klubni inqiroz xavfidan qutqarishga va’da berdi va shunga yarasha, katta kapital tika boshladi. Rossiyalik tadbirkor bunga qadar Germaniyaning yana bir klubi - Dyusseldorf «Fortuna»siga ikkinchi hayot yo‘lini ochgani, shuningdek, «Bornmut» (Angliya) homiylaridan biriga aylangani bilan tanilgandi. Bundan tashqari, Magnitogorskning «Metallurg» xokkey klubi 2008 yili aynan Ponomaryovning moliyaviy ko‘magi evaziga Yevropa Chempionlar kubogida zafar quchgandi. Qisqasi, krefeldlik muxlislar sport olamida yuksak maqomga erishgan biznesmen jamoaning boy berilgan nufuzini tiklashiga ishongandilar. Darhaqiqat, «Yurdingen» vaqt o‘tishi bilan Bundesliga-3ga ko‘tarildi. Mixail shundan so‘ng jamoaga tegishli «Grotenburg» stadionini ta’mirlashga kirishdi. Biroq kutilmaganda, biznesmenning ishlari ortga ketdi. Oxir-oqibat, u 10 mln. yevrolik qarzga botgan «Yurdingen»ni sotishdan o‘zga chora topolmadi.

Gap vaqtida yevrokuboklarda «Barselona» va «Atletiko»ga munosib qarshilik ko‘rsatgan klub haqida ketmoqda. To‘g‘ri, tarixi 100 yildan oshgan Krefeld jamoasi faqat o‘tgan asrning 80-yillari muvaffaqiyat qozongan. O‘shanda «Yurdingen» va Bayer farmasevtika kompaniyasi o‘rtasida 1953 yili boshlangan hamkorlik samara bera boshlagandi. Deylik, kamtarin klub Germaniya kubogi finalida «Bavariya»ni 2:1 hisobida yengish asnosida o‘z tarixida ilk marta yevrokuboklarda ishtirok etgandi. Aniqrog‘i, krifeldliklar Kubok egalari kubogi turnirida «Surrik» (Malta), «Galatasaroy» (Turkiya) va «Dinamo» Dr. (sobiq GDR) to‘siqlaridan o‘tib, yarim finalda «Atletiko»ga imkoniyatni boy bergan. «Yurdingen» aynan o‘sha mavsum ichki birinchilikda 3-pog‘onani egallab, UYEFA kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Shu asnoda krefeld­liklar yanada jiddiyroq sinovda toblanishadi. Ya’ni turnirning nimchorak finalida tarkibida Mark Xyuz, Gari Lineker va Bernd Shusterdek afsonalarni jamlagan «Barselona»ga duch kelib, ikki uchrashuvda bir xil - 0:2 hisobida imkoniyatni boy beradilar. Asosiysi, jamoa uzun faoliyatidagi eng yorqin o‘yinlarini namoyish etgandi.

«Yurdingen»ning keyingi hayotida omadsizliklar keti uzilmadi. Vaqtida «Lokomotiv» (Moskva)dan Sergey Gorlukovichni jalb etgan jamoa o‘tgan asrning 90-yillari elita va Bundesliga-2 o‘rtasida «izg‘idi». Bayer kompaniyasi bilan hamkorlik nihoyasiga yetgach esa, yanada quyiga tushib ketdi. Aytishlaricha, «Yurdingen» tarixida ma’lum mablag‘ evaziga duch kelgan kishiga jamoada 1 kun bosh murabbiy vazifasini o‘tash imkoniyati berilgan davr ham bo‘lgan.


PONOMARYOV DAVRIDAGI O‘ZGARISHLAR

2015 yili klub vise-prezidenti lavozimini egallagan Mixail Ponomaryov «Yurdingen»ni tanazzul holatidan tortib, asta-sekin yuqoriga ko‘tardi. Qizig‘i, uning dastlabki ish kuni muammo bilan boshlangan edi. Gap shundaki, lisenziya olish jarayonida jamoa ligaga moliyaviy kafolat hujjatini topshirishga ulgurolmagandi. Germaniya FI vakillari klub to‘lovni amalga oshirishda kechikkanini ta’kidlagan pallada Ponomaryov hammasi vaqtida bajarilganini isbotlab, «Yurdingen»ning professional maqomda qolishini ta’minladi. Rossiyalik biznesmen keyinchalik 35000 muxlisga mo‘ljallangan «Grotenburg» arenasini ta’mirlashni boshladi. Xususan, shimoliy va janubiy tribunalarni talab darajasiga keltirish uchun 8,7 mln. yevro ajratdi, qolaversa, jamoa bazasi Duysburgga ko‘chirildi. 2017|2018 yillar mavsumiga kelib, klub 13 yillik tanaffusdan ke­yin nihoyat, Bundesliga-3ga ko‘tarildi. «Yurdingen» tarkibi «Borussiya» D. afsonasi Kevin Grosskroys evaziga kuchaytirildi, nemis matbuoti Krefeld klubi ish haqi to‘lash borasida o‘z ligasi yetakchisiga aylangani haqida yozdi. Ponomaryov 2019 yilning oktyabrida RFI Ijroiy qo‘mitasi a’zosi va Moskva FF prezidenti bo‘lmish qadrdon do‘sti Sergey Anoxinni klub direktorlar kengashiga taklif etib, yoshlar bo‘limi rahbarligini unga topshirdi. O‘sha pallada jamoa Bundesliga-3ning o‘rtamiyonalari qatoridan joy olgan, ammo murabbiylarni tez-tez almashtirib turardi. Umuman, Ponomaryov davrida «Yurdingen»ni 7 nafar mutaxassis boshqardi. Ular orasida eng ko‘p ishlagan Andre Pavlak 333 kundan keyin iste’foga chiqarildi.


ATIGI 1 YEVROLIK SAVDO

Aytish mumkinki, «Yurdingen» koronavirus pandemiyasining kuchli ta’siri ostida moliyaviy inqirozga uchradi. Ponomaryov esa jamoa mavsum-2019|2020ni 13-o‘rinda yakunlagach, futbolchilarni keskin tanqid qilishga tushdi. U jumladan, Grosskroysning katta maosh olishini ta’kidladi, infratuzilma va muxlislar yo‘qligidan nolidi. Shuningdek, klub murakkab moliyaviy holatga tushib qolganini tushuntirdi. OAV xabarlariga qaraganda, «Yurdingen»ning qarzi 10 mln. yevroga yetgandi. «To‘g‘risi, charchadim. Ochiq tan olishim lozim, muxlislar armiyasi barbod bo‘ldi. 30 yil avval stadion muxlislar bilan to‘lib-toshardi. Hozir eng muhim uchrashuvlar ham ko‘pi bilan 4000 kishi guvohligida o‘tmoqda. Bundan «shok» holatiga tushib qoldim», - dedi Ponomaryov 2020 yilning dekabrida o‘z lavozimidan voz kechar ekan. U yana klubdan mojaro bilan ketgan Kevin Grosskroys maoshi xususida ham alohida to‘xtaldi: «Mavsum boshlanishi arafasida Kevin bilan bu mavzuni og‘zaki muhokama qilib, oylik ish haqi 50 ming­dan 26 ming yevroga kamayishi haqida kelishib olgandik. Biroq u yon berishni istamadi. Boz ustiga, Grosskroysda futbolga ishtiyoq qolmagandek. Deylik, jismoniy tayyorgarligi menikidan sal yaxshiroq, xolos».

Yakunda Ponomaryov klubni sotishdan o‘zga yo‘l qolmaganini tushundi. E’tiborli tomoni, u moliyaviy barqarorlik kafolatini bergan sarmoyadorga klubni ramziy summa - 1 yevroga berishini bildirdi. «Klubni saqlab qolish uchun yangi sarmoyador va mablag‘ zarur. Aksiyalarimni 1 yevroga sotishga tayyorman. Chunki klub qo‘shimcha sarmoyasiz faoliyat yuritolmaydi. bunday holatda «Yurdingen»­ning lisenziyasiz qolishidan xavotirdaman. Yangi sohib bilan tuzilajak shartnomaga klubni lisenziya bilan ta’minlash majburiyatini kiritaman», - degandi rossiyalik biznesmen. 2021 yilning yanvarida «Yurdingen» yangi sohib - Noah Group kompaniyasi ixtiyoriga o‘tdi. O‘sha pallada kompaniya Armaniston va Latviyadagi nomdosh jamoalar, shuningdek, Italiyaning «Siyena»siga homiylik qilardi. Guruh rahbari Roman Gevorkyan «Yurdingen»­ni Bundesliga-3da saqlab qolish uchun barcha chora-tadbirlarni ko‘rishga va’da berdi. Afsuski, yakunda klubni ligada olib qolishning iloji topilmadi va Noah Group yozda Bundesliga-3da o‘ynash huquqini beruvchi lisenziya talablari bajarilmaganini tan oldi. Shu tariqa «Yurdingen»ga sarmoya kiritishdan bosh tortdi. Oqibatda klub tanazzulga yuz tutib, Germaniya regional ligasiga yo‘l oldi.

Ravshan IBROHIM tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:44, 01.07.2022.
O'qildi: 1406 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.