Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

2022 yilning eng yaxshi hujumchilari. Top-5

2022 yilning eng yaxshi hujumchilari. Top-5

Baho:
+-1 | -

Mavsum-2021/2022da Yevropa milliy chempionatlarida eng yaxshi hujumga aylangan va 2022 yilda barchadan ko‘p gol urgan futbolchilar haqida gaplashamiz. Bunda forvardning joriy yilda bitta o‘yinda o‘rtacha nechta gol urganiga ahamiyat qaratamiz.

5-o‘rin. Chiro Immobile ("Lasio") — 0.84 gol

`
Immobile Italiya chempionatining so‘nggi mavsumlarida yuqori barqarorlik namoyish etayotgan futbolchi hisoblanadi. U o‘tgan mavsumda "Lasio" safida barcha musobaqalar doirasida 32ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Italiyalik futbolchi 2022 yil boshidan buyon barcha musobaqalar doirasida 19ta bahsda ishtirok etib, 16ta gol muallifiga aylandi. U gollarining ikkitasini Italiya terma jamoasi safida urdi. Bir uchrashuvda — 0.84 gol.

4-o‘rin. Darvin Nunyes («Benfika»/«Liverpul») – 0,84 gol


Darvin Nunyes «Benfika» safida ajoyib o‘yinlaridan so‘ng top klublar unga qiziqish bildira boshlashdi. Futbolchi uchun kurashda «Liverpul» dadillik namoyish etib, uni 85 million funt sterlingga xarid qildi.

Nunyes mavsum-2021/2022da «Benfika» tarkibida barcha musobaqalar doirasida 34ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Darvin ham Immobile kabi 2022 yilda o‘z hisobiga 19ta o‘yinda 16ta gol yozdi. Bir uchrashuvda — 0.84 gol.

Uning Premyer-ligadagi o‘yinlarini kuzatish qiziq bo‘ladi. Unga omad tilaymiz.

3-o‘rin. Robert Levandovski («Bavariya») – 0,95 gol


Ayni paytda jahon futbolida Robert Levandovski kabi yuqori barqarorlik namoyish etayotgan hujumchi topish qiyin. Polshalik forvard barcha musobaqalar doirasida 50ta gol urishga erishdi. Polsha terma jamoasining Qatar-2022 yo‘llanmasini qo‘lga kiritishda "Bavariya" o‘yinchisining hissasi ulkan bo‘ldi. Levandovski o‘tgan mavsumda kiritgan 50ta to‘pining 20tasini 2022 yilda urdi. Polshalik futbolchi bu gollarni 21ta bahsda urganini inobatga olsak, uning bitta o‘yinda kiritgan to‘plari soni 0,95ga teng bo‘ldi.

Kelasi oyda 34 yoshga kiradigan Robertga "Barselona" qiziqish bildirayotgani bejiz emas. Uning "Kamp Nou"ga ko‘chib o‘tishi hozirda aniq emas. Ammo u qayerda o‘ynamasin, ko‘p gol urishda davom etishiga shubha yo‘q.

2-o‘rin. Karim Benzema («Real») – 1,04 gol


Karim Benzema «Real»ning La liga va Yevropa chempionlar ligasida g‘olib chiqishida juda katta hissa qo‘shdi. U deyarli har bir bahsda o‘ta muhim gollarni urishga erishdi. Fransiyalik futbolchi barcha musobaqalar doirasida 46 o‘yinda ishtirok etib, 44ta gol urdi. Ayniqsa, 2022 yilning o‘zini olib qaraydigan bo‘lsak, uning samaradorligi yanada yuqori bo‘ldi — 23 o‘yinda 24 gol (bir o‘yinda 1,04ta gol). Bejizga uning "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishi taxmin qilinmayapti.

1-o‘rin. Kilian Mbappe (PSJ) — 1,09 gol



Tezkor va chaqqon harakatlari, samarali driblinglari va gol sezish qobiliyati orqali Kilian Mbappe mavsum-2021/2022da barcha musobaqalar doirasida 39ta gol urdi. Ushbu yilda esa 23 yoshli futbolchi 22 o‘yinda qatnashib, 24 gol muallifiga aylandi. Shuningdek, u 2022 yilda Fransiya terma jamoasi tarkibida 3ta gol urishga erishdi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 18:15, 02.07.2022.
O'qildi: 5833 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик