“Pul bilan bitmagan ishni, katta pul bilan bitirsa bo‘ladi” degan gap bor. Ammo “PSJ” kuchli tarkib, katta pul bilan ham bazo‘r Liga 1ni yutmoqda. Chempionlar ligasi parijliklar uchun shunchaki shirin orzu bo‘lib qolishda davom etmoqda. Ko‘rinishidan Nosir Al-Xelayfiy jamoadagi asosiy muammolarni topgan. U bu mavsumga klub jiddiy hozirlik ko‘rishini xohlamoqda. Qatarlik jamoada bir nechta o‘zgartirishlarni amalga oshirdi. Bu asosan rahbariyat bilan bog‘liq. Xo‘sh, Sport direktorini almashtirish, Pochettino iste’fosi jamoaga nimalar bera olarkin?
Leonardo muammosi
Parijda Maurisio Pochettinoga ancha qiyin bo‘lishi taxmin qilingan edi. Birinchidan, avvalroq argentinalik boshchiligidagi jamoalarning hech biri nafaqat Yevropada, balki ichki musobaqalarda ham maksimal maqsadlarni qo‘ymagan. Ikkinchidan, Pochettinoning uslubi dastlab “PSJ”ga yig‘ilgan ijrochilarni tanlashga unchalik mos kelmadi va Lionel Messi bilan shartnoma imzolanishi - murabbiyning o‘zi bu voqeaga qanchalik ishtiyoq bilan qaramasin - oxir-oqibat o‘yin muvozanatini buzdi.
Aytish mumkinki, hayotdagi futbol vertual menejer emas va o‘sha Tomas Tuxel Neymar, Anxel Di Mariya, Kilian Mbappe va Edinson Kavanini asosiy tarkibga ajoyib tarzda joylashtira olgandi. Balki o‘sha “PSJ” Qatar milliarderlari davridagi eng yaxshi holatida bo‘lgan va Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishga bir qadam qolgandi. Qolaversa, 2020 yilgi “Bavariya”ga qarshi finalni murabbiy va jamoa emas, balki klub rahbariyati va shaxsan sport direktori Leonardo yutqazgan.
Tuxelning qat’iy iltimoslariga qaramay, keyinchalik nemis bilan janjallashib qolgan Leonardo murabbiyga yordam bermadi. Shu bois Tomas Menye yevrokuboklarning koronavirusdan keyingi pley-offini kutmasdan, Dortmundning “Borussiya”si bilan shartnoma imzoladi va nafaqat hujumda, balki jamoaviy bosimda ham katta rol o‘ynagan Kavani o‘rniga yangi futbolchi izlashni ma’qul ko‘rdi.
Biroq, vaqt hamma narsani o‘z o‘rniga qo‘ydi. Mauro Ikardi - ajoyib yakunlovchi, lekin “qora” mehnatni unchalik hushlamaydi. Jamoaning mudofaadagi yetakchisi Tiyago Silva ham Leonardoning “aqlli”ligi sabab jamoadan ketgan. Klub sport direktori braziliyalik qarib qolgan va jamoaga keraksiz deb o‘ylagan. Ammo Silva “Chelsi”ga “shalpangquloq” kubokni yutishida katta yordam berdi.
Demak, PSJning shu yozda boshlangan keng ko‘lamli qayta qurish jarayonida aynan Leonardodan xalos bo‘lgani, yaqin vaqtgacha “Selta”da ishlagan va “Lill” sport direktori bo‘lgan Luis Kamposni uning o‘rniga olib kelgani mantiqan to‘g‘ri bo‘lgan. Qolaversa, parijliklar rahbariyati birinchi mavsumida hatto Liga 1da ham chempion bo‘la olmagan Maurisio Pochettinoni iste’foga chiqardi.
Kampos va Galtye
Kamposning boy tajribaga ega mutaxassis. U "Real Madrid"da skaut bo‘lgan, Joze Mourinyo bilan birga ishlagan. Shuningdek, Luis va Joze yaqin do‘st hisoblanadi. 2010 yillar o‘rtalarida Knyazlik klubi futbolchilarni sotishdan katta pul ishlab topayotgan paytida Kampos “Monako”ga ajoyib iqtidorni taklif qilgan. U Mbappe edi. Kampos va Kilian o‘rtasidagi yaxshi munosabatlar o‘sha davrlarda boshlangan. O‘sha payt Luis Mbappega yordam bergan bo‘lsa, endi Kilian Kamposni Parijga kelishiga ko‘maklashdi.
Biroq, usiz ham “PSJ” portugaliyalikning darajasini bilar edi. Negaki, aynan u "Monako" jamoasini shakllantirgan, keyin esa o‘tgan yilgi chempion "Lill"da yaxshi ishlar olib borgan. Kamposning “PSJ”da ish boshlashi, Kristof Galtyega ham katta jamoada o‘zini sinab ko‘rishiga imkon berdi. Endi u ham poytaxtda.
Galtye tufayli “PSJ” “Nissa” bilan ancha vaqt savdolashdi - janubliklar murabbiyni tekinga qo‘yib yuborishni istashmadi, insayderlarning fikriga ko‘ra, 10 million yevroga “Nissa” boyigan.
Ammo bu variant tavakkalcha ko‘rinmoqda. Chunki murabbiy bir necha yil davomida “Sent-Etyen”da omadsiz mavsumlar o‘tkazgan. Lekin Galtye Kampos bilan juda yaxshi munosabatda. U "Nissa"da ish boshlashi bilanoq parijliklarni Fransiya kubogidan chiqarib yubordi. Ha, "burgutlar" mavsum oxirida muvaffaqiyatsizlikka uchradi, garchi ular haqiqatan ham Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan va kubokni qo‘lga kiritgan bo‘lsa-da, lekin bu jamoa endigina qurilmoqda, mavsumning ikkinchi qismi esa qishki transferdagi zaif ish tufayli murakkablashdi.
Zidan va terma jamoa
Ammo 55 yoshli Galtye parijlik yulduzlarga so‘zini o‘tkaza oladimi? Shubhasiz, Zinedin Zidan yulduzli tarkibiga ideal nomzod bo‘lardi, lekin u Krishtianu Ronaldu va Messi bilan ishlagan birinchi murabbiy bo‘lmaydi.
Hech bo‘lmaganda, hozircha, bir qator fransiyalik insayderlar Zizuning nomzodi kelajakni ko‘zlagan holda “PSJ” uchun dolzarb bo‘lib qolishiga ishontirishmoqda. Yillik 25 million yevro maosh haqidagi mish-mishlar hozircha aniq maqomga ega emas. 2022 yilgi jahon chempionatidan keyin Zidan maqsad qilgan klub/milliy jamoa kombinasiyasining fantastik versiyasi haqida gapirmasa ham bo‘ladi. “PSJ” prezidenti Nosir Al-Xelayfiy aytishicha, Chempionlar ligasining uch karra g‘olibi bilan umuman muzokaralar bo‘lmagan.
Biroq, parijliklar xo‘jayini so‘nggi paytlarda ko‘plab shov-shuvli bayonotlar bilan chiqdi. Bular qatoriga hatto Neymarning kelajagini muhokama qilishdan bosh tortish ham kiradi, chunki klub u bilan xayrlashishga qarshi emas. Ammo Al-Xelayfiy bir qator o‘yinchilar va ularning loyihaga bo‘lgan munosabatidan norozi va tarkibni tozalashini e’lon qildi. Asosiy maqsad“PSJ”uchun hamma narsaga tayyor yosh va g‘ayratli futbolchilarni topishga qaratilgan.
M. Pardaboyev tayyorladi.