Huquqlari "Manchester Siti"ga tegishli bo‘lgan yaponiyalik himoyachi Ko Itakura Myonxengladbaxning "Borussiya"siga o‘tdi, deb xabar beradi nemis klubi sayti.
25 yoshli futbolchi yangi jamoasi bilan 2026 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
OAV xabarlariga ko‘ra, bitim summasi 5 million yevroni tashkil qilgan.
O‘tgan mavsumda yapon Germaniyada Gelzenkirxenning "Shalke" jamoasi safida to‘p tepgan. Markaziy himoyachi ikkinchi Bundesliganing 32 uchrashuvida qatnashib, 4 ta gol urishga erishdi.