Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Futzal bo‘yicha Osiyo kubogiga tayyorgarlik rejalari muhokama qilindi

Futzal bo‘yicha Osiyo kubogiga tayyorgarlik rejalari muhokama qilindi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, joriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida Kuvaytda futzal bo‘yicha Osiyo kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tadi. Mazkur qit’a birinchiligida O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi.

O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov Osiyo kubogi musobaqasiga tayyorgarlik rejalari va o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarining jadvali bilan tanishish maqsadida O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi murabbiylari Bahodir Ahmedov va Nodir Eliboyev bilan uchrashdi.

Suhbat davomida oldimizda turgan Osiyo kubogi musobaqalariga tizimli tayyorgarlik ko‘rish, o‘quv-mashg‘ulotlarini sifatli tashkil etish, bir qancha jamoalar bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tayyorgarlik jarayonida barcha detallarga e’tibor qaratish borasida ko‘rsatmalar berildi. O‘z navbatida bu borada O‘FA tomonidan barcha sharoitlar tashkil qilib berilishi ma’lum qilindi va keyingi rejalar muhokama qilib olindi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasining yig‘ini 4 iyul kuni boshlandi. Mazkur yig‘in doirasidagi mashg‘ulotlar 18 iyulga qadar davom etadi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 21:34, 04.07.2022.
O'qildi: 1087 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик