Romelu Lukaku 8 mln yevro evaziga "Inter"ga qaytdi. "Chelsi" futbolchiga bo‘lgan huquqlarni o‘zida saqlab qoladi, ammo jamoaga unga kerak bo‘lishi dargumon, hech bo‘lmaganda ularni Tomas Tuxel boshqarayotganda.
DailyMail nashri "Chelsi" tarixidagi eng muvaffaqiyasiz transferlar top-10 taligini tuzib chiqdi, Lukaku esa Shevchenko, Kepa va Torresni ortda qoldirib, birinchi o‘rinni egalladi. Buning ajablanarli joyi yo‘q klub futbolchi uchun o‘z tarixidagi rekord darajadagi 113 million yevro to‘lagandi. Lukaku allaqachon 29 yoshda, uning asosiy ustunligi, kuchi va tezligi asta-sekin yo‘qoladi. Shu bois, "Chelsi" hech qachon sarflangan mablag‘ni qoplay olmaydi.
Lukaku o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda 15 ta gol urdi. Eng yomon ko‘rsatkich emas, lekin kutilgan raqamlar emas. Gap shundaki, Lukaku umuman top hujumchi bunday maqomga egami? Bolaligidanoq Romelu o‘zining jismoniy ustunligidan foydalangan. Bolalar turnirlarida u gavdasi kattali tufayli tengdoshlari orasida ajralib turgan.
Lukakuda tezlik va kuchning o‘ziga xos kombinasiyasi, sport mentaliteti va gol urish qobiliyati bor. Demak, "Chelsi" uni 18 yoshida sotib olgani ajab emas. Ammo keyin ma’lum bo‘ldiki, top-klubda o‘ynash uchun kuchning o‘zi etarli emas. Romelu ijara asosida "Vest Bromvich"ga yuborildi, u yerda Lukaku muntazam o‘ynadi va hatto bir mavsumda 17 ta gol urdi. Munosib, ammo ajoyib natija emas (Premyer-liga to‘purarlari ro‘yxatida 6-o‘rin).
Keyin liganing o‘rta jamoasi bo‘lgan "Everton" uni sotib oldi. Bu yerda Lukaku eng uzoq barqarorlik davrini ko‘rsatdi - uch mavsum davomida u 20 tadan kam gol urmadi, ammo Gudisonda to‘rt yil davomida u Premyer-liganing eng yaxshi to‘purarlari uchligiga faqat bir marta kirdi. Biroq, bu “Manchester Yunayted”ni uning uchun deyarli 85 million yevro to‘lashga ko‘ndirish uchun yetarli bo‘ldi. Bu yerda Lukaku na Mourino, na Sulsher qo‘l ostida to‘purar bo‘la olmadi. U shubhasiz umidlarni oqlay olmadi va ikki yildan so‘ng "Inter"ga 74 millionga sotildi.
Bu yerda u o‘z futbolchilarining salohiyatini ochish qobiliyati bo‘yicha dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan biri bo‘lgan Antonio Konte qo‘liga tushdi. Lukaku "Inter" tizimiga juda mos tushdi, u ikkita ajoyib mavsum o‘tkazdi va jami 64 ta gol urdi.
Shu vaqt ichida Lukaku Belgiya terma jamoasi yetakchilaridan biri bo‘lgan va hatto terma tarixidagi eng yaxshi to‘purarga ham aylangan. Biroq, bu yerda ikkita "ammo" bor: 1) iqtidorlar darajasi va soni bo‘yicha, bu yillar davomida Belgiya dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biri bo‘lgan, shuning uchun Lukaku bu darajaga chiqqan; 2) Romelu ko‘p gollarini Shotlandiya yoki Gibraltar saviyasidagi jamoalarga urgan.
"Odamlar Robert Levandovski, Karim Benzema, Xarri Keyn haqida gapirganda, ularni "jahon toifasidagi" futbolchilar deb atashadi, lekin gap menga kelganda, bu shunchaki "yaxshi o‘yinchi"ga tushadi", - dedi Lukaku 2021 yilning yozida.
Albatta, Romelu ajoyib hujumchi. Ammo u “jahon saviyasi” darajasiga chiqmayapti – bu uning faoliyatidagi gollar statistikasidan dalolat beradi.
Biroq, Lukaku bozorda juda talabchan hujumchi sifatida qola oldi. Umuman olganda, klublar Romeluga transferlar uchun 333,5 million yevro to‘lagan, bu futbol tarixidagi eng katta summa.
Yana bir haqiqatni ko‘rib chiqishga arziydi. Ko‘p gol urmaydigan, ammo jamoada mehnat qilib buning o‘rnini bosadigan hujumchilar ko‘p. Lukaku ulardan biri emas - u ko‘p yordam bermaydi, himoyada ishlamaydi va juda zaif pressing qiladi (buni o‘tgan mavsumdagi statistikasi ham tasdiqlaydi). Bu uning "Chelsi"ga mos kelmasligining sababi edi, bu yerda Tuxel markaziy hujumchi sifatida nominal yarim himoyachi Kay Xaversdan foydalanishni afzal ko‘rdi.
Shu bilan birga, Lukaku o‘izidan juda faxrlanadi va uning iqtidori sehriga ishonmaydigan murabbiylardan xafa bo‘ladi. "Chelsi"da Villash-Boash bilan, "Manchester Yunayted"da Mourinyo bilan ham shunday bo‘ldi. Xuddi shu narsa "Chelsi"ga qaytganida ham sodir bo‘ldi, transferdan bir necha oy o‘tgach, Lukaku shov-shuvli intervyu berdi va u o‘z pozisiyasidan qanchalik noroziligini va "Inter"ga qaytishni orzu qilishini aytdi.
Balki Lukaku Yevropada so‘nggi o‘n yillikdagi eng yuqori baholangan hujumchidir. O‘zining transferlari uchun aql bovar qilmaydigan xarajatlar bilan u hech qachon Yevropaning top 5 ligasida to‘purarlar poygasida g‘olib chiqmagan va o‘zini ko‘rsata olgan yagona top-klub bu "Inter" edi.