"Venesiya" rasmiy sayti hujumchi Luish Nani bilan shartnomani o‘zaro kelishuv asosida bekor qilganini e’lon qildi. 35 yoshli portugaliyalik erkin agentga aylandi.
Nani “Venesiya”ga 2022 yilning yanvarida kelib qo‘shilgan. O‘shandan beri u 2021/22 yilgi mavsumda A Seriyada 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Avvalroq Nani "Orlando Siti", "Sporting", "Lasio", "Valensiya", "Fenerbaxche" va "Manchester Yunayted" klublarida ham to‘p tepgan.