Madridning "Real" klubi yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo bo‘lajak mavsumda jamoasining o‘zagini kimlar tashkil etishini allaqachon biladi.
Diario AS xabariga ko‘ra, portugaliyalik murabbiy qo‘l ostida olti nafar futbolchining asosiy tarkibdan o‘rin olishi deyarli kafolatlangan. Bular: Kilian Mbappe, Vinisius Junior, Jud Bellingem, Federiko Valverde, Tibo Kurtua va yangi kelgan Mark Kukurelya.
Joze Mourinyu "qaymoqranglilar" boshqaruviga iyun oyi boshida kelgandi. "The Special One" o‘tgan mavsumni sovrinsiz yakunlagan madridliklar safidan ketgan Alvaro Arbeloaning o‘rnini egalladi. Yangi murabbiyning shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.













