Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/02 18:45 Nasaf 1-1 Ash-Shorta
09/02 18:45 Al-Vahda 0-0 Al-Ahli (SA)
09/02 21:00 Duhayl 1-1 Sharja
09/02 21:00 Shabab al-Ahli 0-0 Al-Hilol
10/02 21:00 Traktor - As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod - Al-G‘arafa

De Yongning "Manchester Yunayted"ga o‘tishi muvaffaqiyatsiz bo‘lishi mumkin

De Yongning "Manchester Yunayted"ga o‘tishi muvaffaqiyatsiz bo‘lishi mumkin

Baho:
+ | -

ESPN xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" "Ayaks" bilan himoyachi Lisandro Martinesni sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishmoqda, chunki ular "Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yongni sotib olishdan qo‘rqishmoqda.

Manbaga ko‘ra, mankunianliklar klubi “Ayaks”ga himoyada ham, yarim himoyada ham o‘ynay oladigan 24 yoshli argentinalik futbolchi uchun 50 million yevro to‘lashga tayyorligini ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, "Manchester Yunayted" va Amsterdam klubi o‘rtasidagi muzokaralar de Yongning transferi borasidagi noaniqlik sharoitida kechmoqda.

Shu bilan birga, klub prezidenti Joan Laportaning uni sotmoqchi emasligi haqidagi bayonotlariga qaramay, kataloniyalik yarim himoyachining transferi borasidagi muloqot davom etmoqda. Ammo mankunianliklar transferning mumkinligiga shubha qilishmoqda.

"Manchester Yunayted" Kataloniya klubi bilan 25 yoshli niderlandiyalik uchun bonuslarni hisobga olmaganda, taxminan 65 million yevro to‘lash borasida kelishib oldi. Ammo tomonlar muzokaralarda hali ko‘p qiyinchiliklarni yengib o‘tishlari kerak.

Shuningdek, "Barselona"ning de Yong oldidagi maoshidan qarzi ham qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. Shu tariqa, "Manchester Yunayted" Lisandro bilan shartnoma tuzish osonroq bo‘ladi, deb hisoblamoqda.

Kiritildi: 12:57, 09.07.2022.
O'qildi: 3896 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.