Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

"Neftchi" mashg‘ulotlarida "Olimpik"ning ikki futbolchisi ishtirok etmoqda

"Neftchi" mashg‘ulotlarida "Olimpik"ning ikki futbolchisi ishtirok etmoqda

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, "Neftchi" birinchi davra yakunlanganidan so‘ng, ikkinchi davraga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida poytaxtimizda o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini olib bormoqda.

Jamoa davralar oralig‘ida har tomonlama puxta tayyorgarlik ko‘rishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Vitaliy Levchenko boshchiligidagi murabbiylar shtabi yozgi davralar oralig‘ida reja asosida yig‘in olib bormoqda.

Poytaxtimizdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini 24 iyulgacha o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Mazkur yig‘in davomida farg‘onaliklar 4ta nazorat-sinov bahsi o‘tkazishni rejalashtirgan. Mazkur o‘rtoqlik o‘yinlari 13, 17, 21 va 25 iyul kunlari o‘tkaziladi, jumladan 13 iyul kuni Proliga vakili "Yangiyer-Quruvchi" klubiga qarshi maydonga tushishadi.

Tarkibdagi o‘zgarishlar ham jamoa muhlislarini qiziqtirishi turgan gap, jamoaga xozirgi kunda "Olimpik" klubida to‘p surib kelgan yosh himoyachilar Sardorbek Mahmudov va yarim himoyachi Xumoyun Sherbo‘tayevlar mashg‘ulotlarida ko‘rinish berdi, bundan tashqari hujumchisi Shahzod Ubaydullayev ham kichik jarohatdan so‘ng safga qaytgan. O‘quv yig‘in mashg‘ulotlar davom etmoqda.

Manba: "Нефтчи" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 19:10, 10.07.2022.
O'qildi: 3469 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик