Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

"Milan" hujumchisining ishtahasi "karnay"

"Milan" hujumchisining ishtahasi "karnay"

Baho:
+ | -

"Milan" hujumchisi Rafael Leauning manfaatlarini himoya qiluvchi agent Jorje Mendesh Italiya klubidan yangi shartnoma bo‘yicha mijozining maoshini sezilarli darajada oshirishni talab qilmoqda.

2024 yilning yozida tugaydigan amaldagi shartnomaga ko‘ra, Leau har mavsumda 1,5 million yevro maosh oladi. "Milan" 22 yoshli portugaliyalik futbolchiga yiliga 4,5 million yevro maosh oladigan yangi shartnoma taklif qildi. Biroq, Mendesh o‘z mijozi uchun mavsumiga 7 million yevro maosh olishni istamoqda, buni esa "Milan" to‘lay olmaydi.

Bundan tashqari, Mendesh “rossonerilar” da’vogarlik qilayotgan “Lill” yarim himoyachisi Renatu Sansheshning ham manfaatlarini himoya qiladi. "Milan" unga yiliga 3,5 million yevro maosh bilan shartnoma taklif qilgan, Mendesh esa mijoz uchun 5 million maosh olmoqchi.

2021/22 yilgi mavsumda Leau “Milan” safida A Seriyaning 34 ta o‘yinida maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Mavsum yakunida u Italiya chempionatining eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olindi.

Kiritildi: 11:28, 11.07.2022.
O'qildi: 4734 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик