Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Milan"ning yana bir himoyachisi jamoani tark etadi

"Milan"ning yana bir himoyachisi jamoani tark etadi

Baho:
+ | -

Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, "Spesiya" "Milan" himoyachisi Mattia Kaldaraga qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko‘ra, futbolchi 2022/23 yilgi mavsum oxirigacha 3 million yevro evaziga sotib olish imkoniyati bilan "Spesiya"ga ijara asosida o‘tishi mumkin.

28 yoshli italiyalik futbolchi ertaga, 13 iyul kuni transferni yakunlash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kutilmoqda.

2021/22 yilgi mavsumda Kaldara "Venesiya" safida ijara asosida o‘ynadi, jamoa safida 33 ta o‘yinda 1 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt.com portali himoyachini 3,5 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 09:02, 13.07.2022.
O'qildi: 1494 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.