Premyer-liga Krishtianu Ronaldu 100 dan ortiq gol urgan futbolchilar klubiga qo‘shilganidan so‘ng unga xayriya uchun 10 000 funt sterling berdi.
U bu ko‘rsatkichga o‘tgan mavsumda "Arsenal"ga qarshi o‘yinda (1:3) erishgandi. Ronaldu bu miqdorni ikki barobarga oshirdi va 20 ming funt sterlingni xayriya ishlariga berdi.
Portugaliyalik futbolchi bolalar xayriya jamg‘armalariga pul o‘tkazishga qaror qildi.
Hozirda Ronaldu Premyer-ligada 102 ta gol urgan. Bunday natijaga butun liga tarixida atigi 32 nafar futbolchi erishgan.