Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"MYU" futbolchisi APL debyutanti safiga o‘tishga yaqin turibdi

"MYU" futbolchisi APL debyutanti safiga o‘tishga yaqin turibdi

Baho:
+ | -

Premyer-liganing yangi a’zosi "Bornmut" "Manchester Yunayted" himoyachisini qo‘lga kiritishga yaqin turibdi. Jurnalist Sem Lakxyorstning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, gap o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini "Napoli"da ijarada o‘tkazgan Aksel Tuanzebe haqida ketmoqda. Bungacha angliyalik futbolchi olti oy davomida "Aston Villa" tarkibida o‘ynadi.

Eslatib o‘tamiz, Tuanzebe uch yildan beri muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. Futbolchi "Aston Villa"da asosiy o‘yinchi emas edi va "Napoli"da u Italiya A Seriyasining faqat bitta o‘yinida maydonga tushdi.

Tuanzebe "Manchester Yunayted"ning yangi bosh murabbiyi Erik ten Xagning rejalariga kiritilmagan, shu bois futbolchiga shu yozda jamoani tark etishga ruxsat beriladi.

Kiritildi: 18:39, 13.07.2022.
O'qildi: 3052 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик