Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Atletiko" Vitselni tanishtirdi (foto)

"Atletiko" Vitselni tanishtirdi (foto)

Baho:
+ | -

Madridning "Atletiko" klubi belgiyalik yarim himoyachi Aksel Vitselni jamoa o‘yinchisi sifatida rasman tanishtirdi. Belgiyalik futbolchi "matraschilar" safiga Dortmundning "Borussiya" jamoasidan erkin agent sifatida ko‘chib o‘tdi.

Avvalroq, futbolchi va klub o‘rtasidagi shartnoma 2022/2023 yilgi mavsum oxirigacha imzolangani xabar qilingandi. Futbolchi 20-raqam ostida o‘ynaydi.

Eslatib o‘tamiz, Vitsel 2018 yildan 2022 yilgacha Dortmundning "Borussiya" klubi safida to‘p surgan va 144 uchrashuvda 13 ta gol urgan va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

2021/2022 yilgi mavsum yakunida "Atletiko" Ispaniya chempionatida turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egalladi. "Real Madrid" mamlakat chempioniga aylandi.

Kiritildi: 18:52, 13.07.2022.
O'qildi: 2105 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик