Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

Panshanbe "Navbahor" jamoasiga minnatdorchilik bildirdi

Panshanbe "Navbahor" jamoasiga minnatdorchilik bildirdi

Baho:
+ | -

Namanganning "Navbahor" jamoasini tojikistonlik 23 yoshli sobiq yarim himoyachisi Ehsoni Panshanbe Eronning “Zob Axan” klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

Shundan so‘ng, u “Navbahor”ga miinatdorchilik bildirgan holda, quyidagi gaplarni yozdi:

- Ikki yil davomida o‘ynaganligim bois, ”Navbahor”ga rahmat!  Bu mening futbol faoliyatimdagi unutilmas 2 yil bo‘ldi.

Avvalo, jamoadoshlarimga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Birinchi kundan boshlab, ular meni hamma narsada qo‘llab-quvvatladilar. Shuningdek, ushbu 2 yil davomida klubda ishlashga muvaffaq bo‘lgan barcha murabbiylarga katta minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ularning har biri klub va futbolchilarning rivojlanishiga katta hissa qo‘shishdi.

“Navbahor” klubining rahbariyatiga klubdagi unutilmas kunlarim uchun minnatdorchilik bildiraman. Bizga yordam berganlarning barchasiga, klubning barcha xodimlariga katta rahmat! Klub men uchun ikkinchi uyimga aylandi.

Eng muhimi – “Navbahor” klubi eng yaxshi muxlislarga ega!

Aziz muxlislarimiz! Sizlarga minnatdorchilik bildirmoqchiman! Yordamingiz uchun tashakkur! Sizlarning e’tiboringiz va g‘amxo‘rligingiz uchun rahmat! Sizlar bizga ishonishdan to‘xtamadingiz, mag‘lubiyatdan keyin yuz o‘girmadingiz, g‘alaba qozonish uchun qo‘shimcha g‘ayrat va kuch berib, bizni qo‘llab-quvvatladingiz! Barchasi uchun  katta rahmat!", - dedi Panshanbe.

Biz Ehsoni Panshanbega yangi jamoasida omad yor bo‘lishini tilaymiz." - deyiladi "Navbahor" rasmiy bayonotida.

Kiritildi: 16:21, 14.07.2022.
O'qildi: 1330 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик