Kirish Ro'yxatdan o'tish

"MYU" Dzanyolo uchun kurash olib borishga tayyor

"MYU" Dzanyolo uchun kurash olib borishga tayyor

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" "Roma" vingeri Nikolo Dzanyologa qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi La Gazzetta dello Sport.

Manba bergan xabarga ko‘ra, ingliz klubi rahbariyati hali "Roma" bilan muzokaraga kirishmagan va shunchaki futbolchi atrofidagi vaziyatni kuzatmoqda.

Avvalroq, 23 yoshli italiyalik futbolchi "Yuventus"ga o‘tish niyatida ekani xabar qilingandi. Biroq turinliklardan farqli o‘laroq, "mankunianliklar" "Roma"ning barcha moliyaviy talablarini darhol qondirishga qodir.

Dzanyolo o‘tgan mavsumda Rim klubi safida 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Portal Transfermarkt Italiya terma jamoasi futbolchisini 33 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 18:26, 14.07.2022.
O'qildi: 2561 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик